Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jogorku Kenesh (Qirg‘iziston parlamenti) “xorijiy agentlar” to‘g‘risidagi, “Notijorat tashkilotlari to‘g‘risidagi qonunga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risida”gi qonun loyihasini rasman qabul qildi. Bu haqda 24.kg xabar berdi.

Foto: kenesh.kg

Qonundagi tuzatishlar uchun 66 nafar deputat ovoz bergan, 5 nafari qarshi chiqqan. Kloop xabariga ko‘ra, hujjat ikki daqiqada qabul qilingan. Endi qonunni qabul qilish uchun mamlakat prezidentining imzosi kifoya. Qonun loyihasida nodavlat notijorat tashkilotlari faoliyati ustidan qo‘shimcha davlat nazorati va tekshiruvlar o‘rnatish nazarda tutiladi.

Mahalliy OAVga ko‘ra, agar qonun qabul qilinsa, Qirg‘izistondagi “xorijiy agentlar” “xorijiy vakillar” deb nomlanadi. Ular Rossiyadagi kabi reyestrga kiritiladi. Ular uchun rejali (yiliga bir martadan ko‘p bo‘lmagan) va rejadan tashqari tekshiruvlar o‘tkaziladi.

Shuningdek, qonun loyihasida “xorijiy agentlar” o‘z faoliyati to‘g‘risida, jumladan, xorijiy manbalardan olgan mablag‘lar va ulardan foydalanish auditi, boshqaruv, xodimlar soni va ularning ish haqi to‘g‘risidagi ma’lumotlar bo‘yicha batafsil hisobot berishi shart. Bundan tashqari, har olti oyda bir marta ommaviy axborot vositalarida o‘z faoliyati to‘g‘risida hisobot e’lon qilishadi.

  • Fuqarolarning shaxsiyati va huquqlariga tajovuz qiluvchi, faoliyati fuqarolarga nisbatan zo‘ravonlik yoki ularning sog‘lig‘iga zarar yetkazish yoki noqonuniy xatti-harakatlar qilishga undash bilan bog‘liq notijorat tashkilotni tashkil etish va boshqarganlik uchun 50 mingdan 100 ming somgacha (salkam 7 milliondan 14 mln so‘mgacha) jarima yoki besh yilga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlanadi.
  • Bunday uyushmalar faoliyatida faol ishtirok etganlik va ularni targ‘ib qilganlik uchun 100 ming somdan 200 ming somgacha (salkam 14 mln so‘mdan 24 million so‘mgacha) jarima yoki 10 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi nazarda tutilgan.

Qonun loyihasining dastlabki versiyasida jurnalistlar u Rossiya qonunidan ko‘chirilganini aytgan. O‘zlashtirish ulushi 69,2 foizni tashkil qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »