Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qirg‘iziston prezidenti Sadir Japarov “Kabar” agentligiga bergan intervyusida mitinglardan qo‘rqmasligini aytdi, deb yozadi ‘‘Sputnik.kg’’.

Foto: Getty Images

Davlat rahbariga mamlakat mitinglar botqog‘iga tushib qoladimi, degan savol berilgan. Sababi avvalroq Kempirobod ishi bo‘yicha hibsga olinganlarning tarafdorlari norozilik namoyishi uyushtirib, Ramazon oyi oxirida ular ozod qilinmasa, mitinglar o‘tkazishini aytgan edi.

Biz mitinglardan qo‘rqmaymiz. Men shaxsiy manfaatini ko‘zlab aksiyada qatnashganlarni ko‘rib qochadigan yoki berkinadigan odam emasman. Agar men mamlakatni talon-toroj qilganimda, yaqinlarimni yuqori lavozimlarga tayinlaganimda va Qirg‘izistonni inqirozga olib kelganimda mitinglardan qo‘rqishim mumkin edi. Aksincha, men va jamoam tinimsiz mehnat qilmoqdamiz. Mamlakatni botqoqdan zo‘rg‘a olib chiqdik, — deydi Japarov.

Davlat rahbari “avvallari yurt talon-toroj qilinganda yaxshi edi” deydiganlarning boshini hech kim silamasligini aytgan.

Javob keskin bo‘ladi, chunki bizning ishimiz adolatli. Xalqning ko‘pchilik qismi bizni qo‘llab-quvvatlaydi, ularni emas. Ko‘pchilikka bo‘ysunish lozim, — deya qo‘shimcha qilgan u.

Ma’lumot uchun:

2012-yil oktyabr oyida Sadir Japarov deputat sifatida partiyadoshlari: “Ata-Jurt” partiyasi yetakchisi Qamchibek Tashiev va deputat Talant Mamitov bilan birgalikda “Qumtor” koniga oid norozilik aksiyasiga chiqqan edi. Ish Oliy sudda ko‘rib chiqilib, Tashiev, Japarov va Mamitov hokimiyatni zo‘ravonlik yo‘li bilan egallab olishga urinish va konstitutsiyaviy tuzumni ag‘darib tashlashga ochiq chaqirishda aybdor deb topilgan. Japarov bir yil-u besh oy muddatga ozodlikdan mahrum etilgan. Keyinchalik Japarov chet elga ketgan, bir muncha vaqt Kipr va Rossiyada yashagan. 2013-yilda u deputatlik mandatini topshirgan.

2013-yilda Issiqko‘l viloyatining Saruu qishlog‘ida “Qumtor” konini milliylashtirish talabi bilan miting o‘tkazilgan. Tergovga ko‘ra, miting Sadir Japarov tomonidan moliyalashtirilgan. Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, Japarov telefon orqali namoyishchilarga ko‘rsatma bergan. Unga nisbatan Jinoyat kodeksining to‘rt moddasi bo‘yicha ish qo‘zg‘atilgan: “odam o‘ldirish bilan qo‘rqitish”, “garovga olish”, “bezorilik” va “hokimiyat vakiliga nisbatan zo‘ravonlik qo‘llash”.

2020-yil 5-oktyabr kuni Qirg‘izistonda parlament saylovlari natijalariga qarshi ommaviy norozilik namoyishlari boshlangan. Namoyishchilar va xavfsizlik kuchlari o‘rtasidagi to‘qnashuvlardan so‘ng parlamentga kirmagan muxolif partiyalar tarafdorlari prezident maʼmuriyati joylashgan parlament binosini egallab olgan. To‘qnashuvlarda 1,2 mingdan ortiq kishi jarohatlangan, bir kishi halok bo‘lgan. 6 oktyabrga o‘tar kechasi Sadir Japarov namoyishchilar tomonidan qamoqdan ozod qilingan edi.

Shu yilning 20-oktyabr kuni Qirg‘iziston Oliy sudi Japarovni 2012-yilda mamlakatda hokimiyatni egallab olishga uringanlikdagi ayblovini bekor qilgan. Sadir Japarov Qirg‘iziston rahbari lavozimiga rasman 2021-yil 28-yanvarda kirishgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »