Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSHning Rod-Aylend shtatida joylashgan kollejlarning birida o‘quvchilar ta’lim tashkilotida ishlovchi qorovul o‘z vataniga borib kelishi uchun yetarli mablag‘ yig‘di. Bu haqda “Pravila jizni” nashri xabar bermoqda.

Foto: People

Kollejda uzoq yillardan beri qo‘riqlash xizmatida ishlab kelayotgan Jeyms asli nigeriyalik bo‘lib, 11 yil davomida oilasidan uzoqda, musofirlikda yashab kelgan. Bu haqda u fevral oyining boshlarida bolalar bilan kundalik suhbat davomida aytib o‘tgan.

Holatdan xabar topgan o‘quvchilar Jeymsga yordam berishga qaror qiladi va kerakli miqdorda mablag‘ to‘plash uchun GoFundMe platformasida Jeyms haqida e’lon joylashtiradi. Saytda qorovul haftasiga to‘rt kun tungi smenada ishlashi va juda oliyjanob inson ekanligi aytib o‘tildi. E’lonni joylashtirgan Brendon Rayxert ismli o‘quvchi Jeyms haqida ko‘plab iliq fikrlar qoldirdi. Shuningdek, qo‘riqchi pul yig‘imi haqida umuman bexabar ekanligi ta’kidlab o‘tildi.

Foto: People

GoFundMe saytida e’lon joylashtirilgandan bir kun o‘tib o‘quvchilar uch ming dollar yig‘ishga muvaffaq bo‘ldi. Tez orada Jeymsning uyga safari uchun yetarli mablag‘ to‘plandi. Keyinchalik tashabbuskor o‘quvchilar hayratda qolgan qorovulga pul uzatayotgan suratini e’lon qilishdi.

Hozirda yig‘ilgan pul miqdori 20 ming dollardan oshgan. E’longa izohlarda bolalar ushbu yig‘imga hissa qo‘shgan barchaga minnatdorchilik bildirishdi va endilikda Jeyms oilasini ko‘rish uchun tez-tez Nigeriyaga borib turish imkoniyati borligini aytib o‘tishdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »