Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Kiyevning hujumlari Rossiyadagi prezidentlik saylovlariga to‘sqinlik qila olmaydi, aksincha ular xalqni birlashtiradi. Bu haqda 15-mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin maʼlum qildi. Prezident nutqi haqida “TASS” nashri batafsil maʼlumot berdi.

Foto: “TASS”

“Harbiy nuqtayi nazardan maʼnosiz va gumanitar nuqtayi nazardan jinoiyga teng bo‘lgan bu hujumlar, avval ham taʼkidlaganimizdek, Rossiyada bo‘lib o‘tadigan prezidentlik saylovlariga to‘sqinlik qilishga qaratilgan. Ishonchim komilki, xalqimiz bunga javoban bir-biri bilan yanada mustahkamroq uyushadi. Ular kimni qo‘rqitmoqchi bo‘lishyapti o‘zi? Rus xalqinimi? Ko‘p millatli Rossiyanimi?”

Putinning so‘zlariga ko‘ra, ruslarni qo‘rqitishga bo‘lgan barcha urinishlar behuda. Mamlakat hech qanday tahdiddan qo‘rqmaydi va o‘z yo‘lida davom etadi.

Avvalroq Ukrainadagi mustaqil batalyonlar tomonidan Rossiya hududi o‘qqa tutilgani to‘g‘risida xabarlar tarqalgan edi. Rossiya Mudofaa vazirligi hujumlar qaytarilgani, mamlakat chegaralarida xavfsizlik taʼminlanganini maʼlum qilgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »