Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sovg‘alar olish yoqimli, ammo hadya kumiri tomonidan berilganda yanada maroqli. Ko‘plab mashhurlar muxlislarini xursand qilish uchun vaqt va pulini ayamaydi.

Teylor Svift

Dugonalar Emili Xant va Bonni Rebekka tez-tez Teylor Svift ijodini yoritadigan videolar suratga oladi. Yaqindagina qo‘shiqchi otasi Skott bilan qizlarga syurpriz uyushtiradi. Teylor ularga xat yozib, konvert ichiga Melburnda o‘tadigan konsert uchun VIP chiptalarni qo‘shib yuboradi.

Jo‘natmani Skottning shaxsan o‘zi kelib topshirib, Emili va Bonnini hayratda qoldirgan. Bundan tashqari, Teylorning otasi ular bilan choy ichgan va qizlarga mediatorlar sovg‘a qilgan.

Rianna

Italiyaga sayohati paytida xonandaning oldiga bir guruh yoshlar kelib qolgan. Rianna avtomobil ichida bo‘lgani uchun muxlislari oynadan ular bilan selfi tushishini so‘ragan. Muxlislarini hayratda qoldirgan holda xonanda eshikni ochib, hammalarini mashinaga taklif qilgan. Keyin ular shunday ko‘p suratlar tushgandiki, butun bir albomga yetadi.

Dueyn Jonson

Dueyn Jonson bilan bo‘lgan kutilmagan uchrashuv sabab tomoshabinlar hushidan ketishlariga sal qoladi. Madam Tyusso muzeyida bir guruh odamlar aktyorning mumdan yasalgan haykali bilan suratga tushishga taklif qilinadi. Ular suratga tushayotganda aktyor orqa tomondan chiqib keladi.

Ben Afflek

Ben Afflek Dunkin Donuts restoranlar tarmog‘idagi donatlarni juda yaxshi ko‘radi. Bir marta u bir kun bo‘lsa-da, ushbu muassasada ishlagan. Ben fartuk taqib, reklama suratga olish uchun buyurtma peshtaxtasi ortida turadi. Qahvaxonaga tashrif buyuruvchilar Afflekning shaxsan o‘zi ularga xizmat ko‘rsatishini kutmagandi.

Kayli Jenner

Ben Afflek donat sotgan bo‘lsa, Kayli Jenner gid sifatida ishlagan. Kayli obunachisiga uyini ko‘rsatadi va u bilan fotosessiya uyushtiradi. Shundan so‘ng Kayli qiz va uning onasiga sovg‘a sifatida ikkita katta quti beradi. Qutida esa naq 100 ming dollar bor edi — bunday syurprizni faqat orzu qilish mumkin.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »