Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zan dunyo liderlari va boshqa yirik siyosiy figuralar yetib bo‘lmaydigan darajada tuyuladi — ularning farovon hayot tarzi, cheksiz intervyulari va iloji boricha rasmiy muloqot uslubi jamoatchilikni chetlatishi mumkin. Biroq prezidentlar ham biz kabi odamlar: hatto kamera va jamoatchilik qarshisida turishsa ham ular o‘zlarining odatlari, qiziqishlari va albatta, ovqatlanishi bilan bizga o‘xshaydi. Quyida turli mamlakatlarning prezidentlari kunni qanday boshlashi haqida batafsil so‘zlab beramiz.

Jo Bayden

Jo Bayden atrofida bo‘lganlarning barchasi biladiki, 81 yoshli siyosatchi fastfudlarni yaxshi ko‘radi, shu sabab ham rafiqasi Jill doim uni urishadi. Nonushtada Amerika prezidenti yeryong‘oq moyi va murabbo surtilgan 2 ta sendvichni apelsin sharbati yoki qora qahva bilan yeyishni afzal ko‘radi. Tushlik va kechki ovqatda esa deyarli doimo burger, pitssa, spagetti va boshqa fastfudlar yeydi, o‘zini hech narsadan cheklamaydi. Jo Bayden bunday zararli taomlarning muxlisi ekanini yashirmaydi, shuning uchun uni hazilomuz tarzda Amerikaning tirik stereotipi deb atashadi. 

Emmanuel Makron

Emmanuel Makron ham Jo Baydenga o‘xshab mamlakatining an’analarini va madaniyatini qo‘llab-quvvatlaydi, bu uning ratsionida ham ko‘rinib turadi. Fransiya rahbari milliy pishiriqlarni juda yaxshi ko‘radi — internetda turli sammit va uchrashuvlarda uning oldidagi likopchada bitta bo‘lsa ham kruassan turgan ko‘plab suratlar mavjud. Shuning uchun 46 yoshli siyosatchining nonushtasi shirinlikdan iborat ekanligi ajablanarli emas: Makron nonushtaga nachinkasiz kruassan, bir likopcha to‘g‘ralgan meva va yangi siqilgan apelsin sharbatini afzal ko‘radi. Ba’zan bunga qo‘shimcha ravishda sosiska va tuxum ham qo‘shiladi.

Serjio Mattarella

Italiya prezidenti Serjio Mattarella pitssa va pastani sevadi, lekin sog‘lom turmush tarzini saqlash maqsadida unga juda berilib ketmaslikka harakat qiladi. Nonushtada siyosatchi har doim bir xil ovqatlanadi: yog‘siz qovurilgan tost, pomidor sousida pishirilgan loviya va tuxum — yoki pashot va glazunya. Aynan shuning uchun Mattarella 82 yoshida ham yosh hamkasblariga bemalol o‘rnak bo‘lishi mumkin — uning uchun sog‘lom turmush tarzi lahzalik zavqlardan muhimroq hisoblanadi.

Si Szinpin

Mazkur mamlakat madaniyati bilan tanish bo‘lganlar biladiki, xitoyliklar uchun kun nonushta, tushlik va kechki ovqatga bo‘linmaydi: ular hatto ertalab soat 7 da ham go‘sht va boshqa hazmi og‘ir ovqatlarni iste’mol qilishlari mumkin. Bunga Xitoy prezidenti Si Szinpinning nonushtasi misol bo‘la oladi: prezidentning ertalabki taomi — nachinkasiga tuxum-go‘sht qo‘shilgan guruchli pirojkalar bilan boshlanadi. Ovqat tanlashda prezident injiq emas: Si Szinpin ba’zan oddiy odamlar ovqatlanadigan joylarga boradi. U bunday yerlarga ogohlantirmay tashrif buyuradi, eng oddiy taomlarni buyurtma qiladi va xo‘randalar ko‘z o‘ngida ovqatlanadi.

Kim Chen In

Shimoliy Koreya rahbarining hayoti doim sir bo‘lib kelgan, lekin kun tartibining ba’zi jihatlari ma’lum. Kim Chen In yaxshi ovqatlanishni xush ko‘radi va uning menyusi har doim turli-tuman. KXDR rahbari bolaligida ko‘p sayohat qilganligi sababli uning ta’m bo‘yicha didi xilma-xil. Masalan, nonushtada reshti (shvetsarcha quymoqning bir turi)ni sevib iste’mol qiladi. Bu 15 santimetr kattalikdagi qalin “blinchik” bo‘lib, qaynatilgan kartoshka, pishloq, go‘sht, piyoz va ko‘kat qo‘shib tayyorlanadi. Bundan tashqari, Kim qahvani juda yaxshi ko‘radi. U uchun maxsus Braziliyadan olib kelingan superelit donlardan shaxsiy oshpazlar tomonidan maxsus, juda kuchli quvvatli ichimlik damlanadi. Aytishlaricha, faqatgina kofe uchun Shimoliy Koreya rahbari yiliga taxminan bir million dollarga yaqin pul sarflaydi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »