Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Toshkent shahrining Shayxontohur tumanida MIB aliment to‘lamayotgan fuqarodan farzandiga 106,7 mln so‘m undirib berdi. Bu haqda Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar berdi.

Foto: Bosh prokuratura matbuot xizmati

Maʼlum qilinishicha, Toshkent shahrida 2024-yilning yanvar-fevral oylarida jismoniy va yuridik shaxslardan jami 3 832 ta murojaat kelib tushgan. Shundan 3 254 tasi ko‘rib chiqilib, 1 015 ta murojaat qanoatlantirilgan, 2 239 ta murojaatga huquqiy tushuntirish berilgan. 

Murojaatlarni ko‘rib chiqish mobaynida 914 ta holatda jismoniy va yuridik shaxslarning buzilgan huquqlari tiklangan.

Fuqaro Ch.Yunusova bir nafar farzandiga aliment undirib berilmayotganidan norozi bo‘lib qilgan murojaati byuroning Shayxontohur tuman bo‘limida o‘rganildi. Olib borilgan majburiy ijro harakatlari natijasida murojaatchiga qarzdordan 106,7 mln so‘m undirib berildi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »