Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Federatsiyasi prezidenti Vladimir Putin 15-mart kuni mamlakatda o‘tayotgan prezidentlik saylovlarida ovoz berish jarayonida onlayn ovoz berish huquqidan foydalandi. Bu haqda The Moscow Times nashri xabar berdi.

Foto: The Moscow Times

Xabarda aytilishicha, mamlakat oliy rahbarining onlayn ovoz berish jarayoni davlat telekanallarida yoritib borilgan. Kreml tarqatgan videoda Rossiya yetakchisi kabinetidagi kompyuter orqali ovoz berib, kameraga qo‘l silkitgani aks etgan.

Prezident ovoz berishning bunday usulini birinchi marta qo‘llayotgani yo‘q. Rossiya yetakchisi kuzdagi saylovlarda ilk bor bu usuldan foydalangan edi.

Rossiyadagi prezidentlik saylovlari 15-17-mart kunlari davom etadi. Saylovdan oldingi so‘rovnomalarda mutlaq ko‘pchilik saylovchilar amaldagi yetakchi Vladimir Putin nomzodini qo‘llab-quvvatlagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »