Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

SCC France kompaniyasi joriy yil yoz faslida bo‘lib o‘tadigan Olimpiya va Paralimpiya o‘yinlarini qo‘llab-quvvatlash doirasida ajoyib gadjet ixtiro qildi.

Foto: Europaplus

SCC France o‘n mingga yaqin xodimga ega konsalting tashkiloti bo‘lib, Olimpiya o‘yinlariga tayyorgarlik ko‘rish maqsadida kompaniya maxsus aksiya e’lon qildi. Unga ko‘ra, yugurish yo‘lakchasida 300 metrga yugurgan har bir xodim bir stakan kofega ega bo‘lishi mumkin. Kompaniyaning Marketing kommunikatsiyalari direktori Sandrin Denobl ushbu g‘oyadan xursand ekanligini bildirdi:

“Bu ajoyib ixtiro! Run for coffee jismoniy harakat uchun haq to‘laydigan birinchi kofe mashinali yugurish yo‘lakchasi bo‘ldi. Ushbu gadjet sport va zamonaviy texnologiyani birlashtirishga xizmat qiladi”
Foto: Europaplus

Gadjet ishlash prinsipi quyidagicha: tanaffus paytida xodim yugurish yo‘lakchasiga chiqib, elektron pochtasiga kiradi va “start” tugmasini bosadi. 300 metr masofani bosib o‘tgandan so‘ng, u bir stakan qahva oladi. Bundan tashqari, ba’zi stakanlar ultrabinafsha kod bilan jihozlangan. Bu esa xodimlarga turli sovrinlarni yutib olish imkonini beradi.

Foto: Europaplus
Agar tanaffus paytida yugurish kerak bo‘lsa, buni kofe-breyk deb atash to‘g‘rimikan?”, — deydi xodimlardan biri.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »