Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

2024-yil Lili Gladstoun uchun omadli boshlandi. 96-“Oskar” marosimida eng yaxshi ayol roli uchun mukofotni Emma Stounga boy bergan bo‘lsa-da, aktrisa baribir tarixga kirdi. U dunyodagi eng nufuzli kino mukofotga nomzodi qo‘yilgan birinchi tubjoy amerikalikdir.

Rezervatsiyadan “Oskar” taqdirlash marosimigacha bosib o‘tilgan yo‘l

50 yil oldin “Oskar” marosimida auditoriya Marlon Brandoning o‘rniga mukofot olishga chiqqan hindu Sachin Littlfezerni qattiq tanqid qilgandi, chunki u o‘z nutqida hindu xalqiga ko‘proq e’tibor qaratish kerakligini ta’kidlagan edi. Kuni kecha Lili Gladstounning minnatdorlik nutqi ham deyarli shu mavzuda bo‘ldi, lekin endi Gollivud va butun dunyo uni hayratlanib tingladi. Aktrisaning filmografiyasi nisbatan kam ekaniga qaramasdan, uning ekrandagi tubjoy xalqlarni gavdalantirishdagi hissasi behisobdir.

Sachin Littlfezer 1973-yildagi “Oskar” marosmida
Foto: Getty Images

Aktrisa bo‘lish Lilining bolaligidan beri asosiy orzusi edi. O‘zining aytishicha, “Yulduzlar jangi” filmi uni shunday qarorga kelishga undaydi, filmdagi paxmoq evoklarni aslida aktyorlar o‘ynayotganini bilib, o‘zi ham shunday qilmoqchi bo‘lgan. Qoraoyoq qabilasi naslidan bo‘lgan Gladstoun rezervatsiyada, Montananing tog‘li manzaralari bilan o‘ralgan makonda yashagan. Keyin u oilasi bilan Siettlga ko‘chib o‘tib, aktyorlik fakultetiga o‘qishga kirgan.

Universitetni tugatgach, Lili o‘qituvchilik qilishni boshlaydi va Arno Desplechinning “Jimmi Pikar” filmida Erta tong ismli hindu ayolining epizodik rolini o‘ynaguniga qadar teatrda aktrisalik faoliyatini boshlaydi. Keyingi roli bilan Lili Gladstoun professional e’tirofga sazovor bo‘ladi. Taniqli mustaqil kinorejissyor Kelli Reyxardtning “Bir nechta ayol” filmida chorvador rolini ijro etgan Gladstoun o‘zining birinchi mukofotiga sazovor bo‘ladi. Keyinchalik u “104-xona”, “Milliardlar” va “Rezervatsiya itlari” seriallari va “Noma’lum mamlakat” filmida bosh rolni o‘ynaydi.

Pandemiya boshlanganda aktrisa kinoni tark etish va ikkinchi sevimli mashg‘uloti — asalarilarni o‘rganish haqida jiddiy o‘ylay boshlaydi. Martin Skorseze u bilan bog‘lanib, XXI asr boshlarida neft manbalarining topilishi tufayli boyib ketgan oseyji qabilasidan bo‘lgan Molli Kayl rolini taklif qilganida, u o‘zini qovog‘arilarning o‘limi haqidagi ilmiy tadqiqotga bag‘ishlamoqchi edi.

Bu Devid Granning 1920-yillarda Oklaxoma rezervatsiyasida ochko‘z oq tanlilarning tubjoy amerikaliklarga nisbatan sodir etgan qotilliklari haqida hikoya qiluvchi “Gulli oy qotillari” kitobining ekranga moslashuvi edi. Skorseze Gladstounni “Bir nechta ayol” filmida ko‘rgach, bunday murakkab, hissiy jihatdan talabchan rolga undan boshqa munosibroq aktrisa yo‘qligini tushunadi. 

Lili Gladstoun ishtirok etgan filmlar

“Bir nechta ayol” (2016)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Kelli Reyxardt
  • Rollarda: Laura Dern, Kristen Styuart, Mishel Uilyams, Lili Gladstoun

Montana tog‘ manzarasi fonida uch ayol taqdiri haqidagi film. Advokat Laura (Laura Dern) oldingi ish joyidagi qorovulni garovga olgan sobiq mijozini tinchlantirish uchun barcha notiqlik mahoratini ishga solishga majbur bo‘ladi. Jina (Mishel Uilyams) eri bilan noldan uy quradi, lekin bu ularning munosabatlari darz ketishiga sabab bo‘ladi. Rancho ishchisi yolg‘iz ayol Jeymi esa (Lili Gladstoun) mahalliy maktabda huquqdan dars beradigan yosh advokat Bet (Kristen Styuart) bilan tanishadi. Murakkab taqdirlar haqida mulohaza yuritishga undaydigan ajoyib film.

“Birinchi sigir” (2019)

  • Janr: drama, vestern
  • Rejissyor: Kelli Reyxardt
  • Bosh rollarda: Evi laqabli sigir, Jon Magaro, Orion Li, Even Bremner

Ko‘chmanchilar Amerikaning yovvoyi yerlarini o‘zlashtirmoqda. Ular orasida yolg‘iz oshpaz va Xitoydan qochib ketgan muhojir ham bor. Ikkisi birgalikda biznes boshlaydi: ular eng mazali pechenyelarni tayyorlashadi, hatto mahalliy boy dehqon ham faqat ulardan xarid qiladi. Biroq dehqon pechenyedagi sirli tarkibiy qism o‘ziga tegishli sigirning suti ekanligini bilmaydi — yosh tadbirkorlar har kecha undan sut o‘g‘irlashadi. Filmda Lili Gladstoun yer egasining xotini sifatida kichik rolni o‘ynagan.

“Noma’lum mamlakat” (2022)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Morrisa Molts
  • Rollarda: Lili Gladstoun, Raymond Li, Richard Rey Uitmen, Lainey Bearkiller Shangrouh

Amerikaning g‘arbiy landshaftlari bo‘ylab “Ko‘chmanchilar mamlakati” ruhini eslatuvchi sarguzasht film. Buvisi vafotidan keyin Tana (Lili Gladstoun) Texasga borishga qaror qiladi, yo‘lda qarindoshlarinikiga kiradi, motellarda va yo‘lda turli odamlar bilan uchrashadi. U butun umri davomida oilasining tarqoqligidan azob chekadi. Amerika tub xalqlarining a’zosi sifatida Tanaga umumiy tarix, madaniyat va tilga ega bo‘lgan jamiyatga tegishlilik hissi yetishmaydi. Jismoniydan ko‘ra ko‘proq ruhiy sayohatda u o‘z ildizlari bilan qayta bog‘lanishga harakat qiladi. Gladstoun mazkur roli bilan “Eng yaxshi ayol roli uchun” nominatsiyasida “Gotem” mukofotni qo‘lga kiritadi.

“Gulli oy qotillari” (2023)

  • Janr: drama, jinoyat, tarix
  • Rejissyor: Martin Scorseze
  • Rollarda: Leonardo Di Kaprio, Robert De Niro, Lili Gladstoun, Jessi Plemons

Obro‘-e’tiborga ega amaki Uilyam Xeyl (Robert De Niro) Oklaxomada, oseyji hindulari rezervatsiyasida yashaydi va ularning yerlarida topilgan neft tufayli qanday boyib ketishlarini o‘z ko‘zi bilan kuzatadi. Urush paytida oshpaz bo‘lib xizmat qilgan, ayollarga suyagi yo‘q jiyani Ernest Berkxartning (Leonardo Di Kaprio) kelishi unga juda qo‘l keladi. Xeyl jiyanini badavlat hindu oilasidan bo‘lgan yosh ayol Molli Kaylga (Lili Gladstoun) uylanishga undaydi. “Gulli oy qotillari” bu — Amerika fojiasining sovuqqon hikoyasi bo‘lib, uning shafqatsizligi butun hindu xalqining mehribonligini birgina nigohiga sig‘dira olgan Gladstounning ajoyib aktrisalik ishida namoyon bo‘ladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »