Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Oskar” har doim ham ma’lum bir film uchun abadiy shon-shuhratni kafolatlamaydi. O‘z davrida tomoshabinlarni hayratga solgan, biroq biroz unutilgan bo‘lsa-da, hozir ham zavq ulashishi mumkin bo‘lgan 10 ta ajoyib film haqida ma’lumot beramiz.

“Sohil bo‘yida” (1954)

  • Janr: drama, melodrama, kriminal
  • Rejissyor: Elia Kazan
  • Rollarda: Marlon Brando, Karl Malden, Li Jey Kobb, Rod Shtayger

Elia Kazanning “Sohil bo‘yida” asari barcha zamonlarning klassikasi ekanligi aytiladi. Buning sababi filmda vijdoniga ko‘ra kun kechirishga harakat qiladigan, ammo vijdon bilan qorin to‘ymaydigan zamonda yashaydigan oddiy yuk tashuvchi yigit haqida hikoya qilinadi. Aynan shu filmda afsonaviy Marlon Brando o‘zining eng yaxshi rolini o‘ynagan.

“Kvartira” (1960)

  • Janr: drama, melodrama, komediya
  • Rejissyor: Billi Uaylder
  • Bosh rollarda: Jek Lemmon, Shirli Makleyn, Fred MakMyurrey, Rey Uolston

Gollivudda deyarli 30 yil davomida (1940-yillardan 1960-yillarning o‘rtalarigacha) Billi Uaylderga teng keladigan rejissyor bo‘lmagan. Ajoyib hazil tuyg‘usiga ega iqtidorli ssenariy muallifi sifatida Uaylder o‘zining asosiy “Oskar”ini “Kvartira” komediyasi uchun qo‘lga kiritadi.

“Tungi kovboy” (1969)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Jon Shlesinger
  • Rollarda: Dastin Xofman, Jon Voyt, Silviya Mayls, Jon MakGiver

“Yangi Gollivud” paydo bo‘lishi bilan butun Amerika o‘zgaradi, xususan, uning ekrandagi ko‘rinishi ham. Nyu York o‘zining barcha jozibasi va yorqinligini yo‘qotadi. Nihoyat, u aslida qandayligini hech qanday pardozlarsiz ko‘rsatadi: iflos ko‘chalar, buzuq odamlar-u, janjallarga to‘la shahar. Ajablanarlisi shundaki, o‘sha paytda Amerika haqidagi eng kult filmlardan biri britaniyalik Shlesinger tomonidan suratga olingan va u ilgari hech kim film yaratishga jur’at eta olmaydigan bosh qahramonlarni tanlagan — ayollarga suyagi yo‘q ahmoq erkak (Jon Voyt) va silga chalingan uysiz odam (Dastin Xoffman). “Tungi kovboy” eng yuqori badiiy qiymatga ega bo‘lgan haqiqiy, real kinoning yangi davrini boshlab beradi.

“Cho‘qintirgan ota” (1972)

  • Janr: drama, kriminal
  • Rejissyor: Frensis Ford Koppola
  • Rollarda: Marlon Brando, Al Pachino, Jeyms Kaan, Robert Duvall

Koppola Mario Pyuzo bilan birgalikda hech qanday zaif tomonlari yo‘q haqiqiy shedevr yaratgan. Agar “Oskar” tarixida bundan ham katta g‘alaba bo‘lgan bo‘lsa, bu ikki yil o‘tib Koppola “Cho‘qintirgan ota 2” uchun oltin haykalchalarning yana birini qo‘lga kiritganida sodir bo‘ldi.

“Kakku uyasi uzra parvoz” (1975)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Milosh Forman
  • Rollarda: Jek Nikolson, Luiza Fletcher, Uill Sempson, Bred Durifoliya

Barcha qo‘zg‘olonchilarning ozodlik madhiyasiga aylangan va Milosh Forman kabi ajoyib rejissyorning shedevr filmi. Bundan tashqari, Gollivudning eng yaxshi moslashuvlaridan biri va, shubhasiz, Jek Nikolsonning eng ajoyib roli.

“Kiyik ovchisi” (1978)

  • Janr: harbiy drama
  • Rejissyor: Maykl Chimino
  • Rollarda: Robert De Niro, Jon Kazale, Jon Savej, Kristofer Uolken

Vyetnam urushining qizg‘in pallasida kelib chiqishi rus millatiga mansub uch amerikalik do‘stligining keng ko‘lamli xronikasi. Mazkur kartina Chiminoning urushga qarshi asari hamda Vyetnam va butun mamlakat dahshatli fojiadan qanday qutulganligi haqidagi eng muhim filmlardan biri hisoblanadi.

“Oddiy odamlar” (1980)

  • Janr: drama
  • Rejissyor: Robert Redford
  • Rollarda: Donald Sazerlend, Meri Tayler Mur, Judd Xirsh, Timoti Xatton

Robert Redfordning rejissyorlik debyuti yo‘qotish qayg‘usiga dosh berayotgan amerikalik o‘rtahol oilaning hayoti haqida hikoya qiladi. “Oddiy odamlar” mustaqil Amerika kinosi institutining barpo etilishiga asos solgan eng muhim film sifatida tarixga kirgan.

“Qo‘zilar sukunati” (1991)

  • Janr: triller, detektiv, kriminal
  • Rejissyor: Jonatan Demmi
  • Rollarda: Jodi Foster, Entoni Xopkins, Bruk Smit, Skott Glenn

Jonatan Demmining mazkur kartinasi qo‘rqinchli film bo‘lmasa-da, dahshatli filmlar janriga katta hissa qo‘shgan. O‘sha paytda seriyali qotillarni ushlash haqidagi trillerlar modaga aylandi. Bundan tashqari, “Qo‘zilar sukunati” odatda mukofotga ega bo‘lgan filmlar namoyish etiladigan yanvar oyida ekranlarga chiqarilib, “Oskar” mukofotini qo‘lga kiritgan yagona film hisoblanadi. Tasavvur qiling: bir yildan ko‘proq vaqt davomida butun jamoatchilik tvit yozish imkoni bo‘lmagan bir davrda Entoni Xopkinsning ajoyib ijrosiga qoyil qolgan.

“Shindler ro‘yxati” (1993)

  • Janr: biografik, tarixiy drama
  • Rejissyor: Stiven Spilberg
  • Rollarda: Liam Nison, Ben Kingsli, Ralf Fayns, Karolin Gudoll

Agar tarixda Xolokost mavzusini shu qadar sinchkovlik bilan tasvirlab bergan rejissyor bo‘lsa, bu Stiven Spilberg bo‘lardi. “Shindler ro‘yxati” — uning faoliyatidagi asosiy asari hisoblanadi. Ikkinchi Jahon urushi paytida deyarli 1200 yahudiyni qutqarib qolgan nemis tadbirkori haqidagi film o‘sha yili barchani hayratda qoldiradi.

“Quvg‘in” (2007)

  • Janr: triller, drama, kriminal
  • Rejissyorlar: Itan va Joel Koen
  • Rollarda: Tommi Li Jons, Josh Brolin, Xavyer Bardem, Kelli MakDonald

Aka-uka Koenlar Kormak Makkartining romani asosida film suratga olgan holda XXI asrda vestern janrini qaytadan tiriltiradi. Natijada urush faxriysining yollanma askardan tortib olgan bir qop pul bilan qochib ketishi haqidagi hikoya film ijodkorlariga uchta “Oskar” haykalchasini olib keladi. To‘rtinchi haykalcha zamonaviy kinoning eng mashhur yovuz qahramonlari ro‘yxatiga kirgan kamgap Anton Chigur roli uchun Xavyer Bardemga beriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »