Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Obrazning har bir detaliga e’tibor qaratish — muvaffaqiyatli film kalitidir. Quyida kino qahramonlarining eng noodatiy liboslarini yodga olamiz.

“Dyuna” va “Dyuna: Ikkinchi qism”

Beshta “Oskar” mukofotiga nomzod bo‘lgan kostyum dizayneri Jaklin Uest “Dyuna” filmida stimpank muhitini yaratishga mas’ul edi. U “zamonaviy o‘rta asr” degan ma’noni anglatuvchi o‘rta asr estetikasini yaratadi. Jaklin rejissyor Denis Vilnyov bilan birgalikda kostyum, birinchi navbatda, funksional bo‘lishi kerak degan fikrga keladi. Obrazning har bir detali qahramonning yashash joyida omon qolishiga yordam berishi kerak. Dizaynda qahramon psixologiyasi ham hisobga olingan.

“Mo‘jizakor ayol”

“Mo‘jizakor ayol” superqahramon roli ustida Lindi Hemming ishlagan. Gal Gadotning kostyumi komikslardagi obrazdan unchalik farq qilmagan. Aksessuarlarga faqat qalqon va qilich qo‘shilgan. Ilhom manbayi qadimgi yunon miflari va sport uslubining uyg‘unligi edi.

“Sho‘rlik baxtsizlar”

“Eng yaxshi liboslar” nominatsiyasida “Sho‘rlik baxtsizlar” g‘alaba qozondi. Ammo Emma Stoun obrazini yaratish uchun dizayner Holli Uoddington qiyin vazifaga duch keladi: 1880-yillar modasi va fantaziya o‘rtasidagi muvozanatni saqlash. Rejissyor Yorgos Lantimos chirigan olma palitrasini tanlaydi. Shishgan yenglar liboslarning majburiy elementi bo‘lib, yengil va havodor effekt yaratadi.

“Kruella”

Filmdagi har bir kiyim san’at asariga o‘xshaydi. Buning uchun uch karra “Oskar” sovrindori Jenni Bevanga rahmat aytish kerak. U Vivien Vestvud va qo‘shiqchi Nina Hagenning pank uslublaridan foydalangan. Ko‘pgina kiyimlar qo‘lda tikilgan, xuddi Estella mashinaga chiqqanda kiygan qizil ko‘ylak kabi. Mazkur ko‘ylakdagi 5 mingta gulbarg bir nechta talabalar tomonidan yaratilgan.

“Qora pantera”

Filmning liboslar bo‘yicha dizayneri Rut Karter afrikalik qabilalarning ko‘p asrlik modalarini batafsil o‘rganish va ularni to‘qish uchun ko‘p soatlab qo‘shimcha vaqt sarfladi. Qora pantera uchun ilhom afrofuturizm va afropankda topilgan. Qahramonlarning liboslari haqiqatan ham aqlbovar qilmaydigan darajada, lekin eng muhimi, ular Vakandaning har bir fuqarosining xarakterini aniq aks ettira olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »