Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Futbol bo‘yicha Angliya Kubogi chorak finalidan o‘rin olgan o‘yinlar 17-mart, yakshanba kuni bo‘lib o‘tdi.

Foto: Getty Images

1/4 finalda “Manchester Yunayted” “Liverpul”ga qarshi bahs olib bordi. Uchrashuvning 10-daqiqasidayoq mankunianliklar futbolchisi Skot Maktominey hisobni ochdi. Bo‘lim oxirida esa mersisaydliklar ikkita gol bilan javob qaytardi. Dastlab, 44-daqiqada Mak Allister ajoyib zarba bilan hisobni tenglashtirgan bo‘lsa, hakam qo‘shib bergan daqiqalarda Muhammad Saloh darvozani ishg‘ol qildi.

Ikkinchi bo‘limda “qizillar” nisbatan ustunlik qilgan bo‘lsa-da, 87-daqiqaga kelib, Antoni muvozanatni tiklashga muvaffaq bo‘ldi. Shu tariqa jamoalar qo‘shimcha bo‘limlarga murojaat qilishiga to‘g‘ri keldi. 

105-daqiqada Elliot uzoqdan kuchli zarba berib, hisobni 3:2 ko‘rinishiga olib keldi. 112-daqiqada esa Reshford hisobni tenglashtirdi. 120-daqiqada esa “Manchester Yunayted”ning yosh futbolchisi Diallo darvozani ishg‘ol qilib, jamoasiga g‘alaba olib keldi.

Yana bir bahsda “Chelsi” “Lester” ustidan 4:2 hisobida zafar quchdi. Londonliklar tarkibida Kukurelya, Palmer, Chukvumueka va Maduekelar gol mualliflariga aylandi.

Shu tariqa Angliya Kubogining yarim final ishtirokchilari aniqlandi. “Manchester Siti” 1/2 finalda “Chelsi”ga qarshi bahs olib borsa, “Manchester Yunayted” “Koventri” bilan final yo‘llanmasi uchun kurash olib boradi.

Uchrashuvlar 20 va 21-aprel kunlari “Uembli”da bo‘lib o‘tadi.


Angliya Kubogi

1/4 final

17-mart, yakshanba

“Manchester Yunayted” – “Liverpul” 4:3

Gollar: 1:0 – 10 Maktominey, 1:1 – 44 Mak Allister, 1:2 – 45 Saloh, 2:2 – 87 Antoni, 2:3 – 105 Elliott, 3:3 – 112 Reshford, 4:3 – 120 Diallo.

“Manchester Yunayted”: Onana, Diogu Dalot, Varan (Diallo, 85), Lindelef (Maunt, 105), Uan-Bissaka (Maguayr, 71), Brunu Fernandesh, Maktominey, Maynu (Eriksen, 80), Garnacho, Reshford, Heylund (Antoni, 71).

“Liverpul”: Kelleher, Gomes (Simikas, 101), van Deyk, Kuansa, Robertson (Bredli, 76), Endo, Soboslai (Elliott, 72), Mak Allister, Saloh (Gakpo, 77), Dias (Klark, 114), Nunyes.

Ogohlantirishlar: Mak Allister (31), Brunu Fernandesh (45), Gomes (60), Kelleher (109), Diallo (116).

Chetlatish: Diallo (120).

“Chelsi” – “Lester” 4:2

Gollar: 1:0 – 13 Kukurelyya, 2:0 – 45 Palmer, 2:1 – 51 Disasi (avtogol), 2:2 – 62 Mavididi, 3:2 – 90 Chukvuemeka, 4:2 – 90 Madueke.

“Chelsi”: Sanches, Gyusto, Chaloba, Disasi, Kukurelya (Chiluell, 90), Gallaher, Mudrik (Chukvuemeka, 78), Palmer, Kaysedo, Sterling (Madueke, 86), Jekson.

“Lester”: Stolyarchik, Vestergor, Fas, Doyl, Ndidi (Koudi, 78), Uinks, Dyuzberi-Xoll, Chouduri, Mavididi (Jastin, 75), Fatau (Akgyun, 63), Daka.

Ogohlantirishlar: Mavididi (67), Koudi (90).

Chetlatish: Doyl (73).

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »