Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ba’zilar uchun bularning barchasi kundalik odatlardan biri bo‘lishi mumkin. Quyidagi jahon yulduzlar uchun esa bular imkonsiz vazifa hisoblanadi.

Kendall Jenner

“Kardashyanlar” shousining ushbu epizodi efirga uzatilganidan deyarli ikki yil o‘tsa-da, tomoshabinlar hali ham Kendall Jennerni qanday qilib bodringni kesa olmaganini yaxshi eslashadi. Ko‘rinishidan, yulduzlar oilasida o‘z qo‘li bilan ovqat pishirish odat tusiga kirmagan, ammo model o‘zini pazandachilikda sinab ko‘rishga qaror qiladi. Bodringni eplab kesolmagan Kendall u professional oshpaz emasligini aytadi. Uning fikricha, sabzavotlarni to‘g‘rash uchun ko‘p tajribaga ega bo‘lish va mahoratni oshirish kerak.

Selena Gomes

Umid qilamizki, Selena Gomesning yangi yigiti unga mashinani to‘g‘ri boshqarish, to‘xtash va yonilg‘i quyishni o‘rgatadi. Avval ham paparatssilar qo‘shiqchini bir necha bor yonilg‘i quyish shoxobchasida kadrlarga muhrlagan. Selena ko‘pincha yonilg‘i quyish shoxobchasidan shunchalik uzoqda to‘xtaydiki, yonilg‘i shlangi mashinagacha yetmaydi. Ba’zida u mashinani noto‘g‘ri yo‘nalishda yonilg‘i quyish shoxobchasigacha olib boradi. Bir kuni esa Gomes paparatssilarning o‘zidan unga yordam berishni so‘raydi. Noma’lum erkak uning mashinasi ruliga o‘tirib, vaziyatni o‘nglagan.

Teylor Svift

Har birimiz bolaligimizda shoshilgandan kiyimimizni teskari kiyib olganmiz. Ammo Teylor Svift bilan bunday vaziyat haligacha sodir bo‘ladi. Bir necha yil oldin yulduz futbol o‘yinida bo‘yni ochiq jemper kiygan holda paydo bo‘ladi. Ma’lum bo‘lishicha, u kiyimni teskari kiyib olgan va muxlislar fotosuratni ko‘rganlarida darhol buni payqashadi. Svift muxlislariga yolg‘on gapirmaydi va u old va orqa tomonlarni ajrata olmasligini tan oladi.

Zendaya

Ma’lum bo‘lishicha, Kendall oshxona pichoqlarini qanday ishlatishni bilmaydigan yagona odam emas. Masalan, Zendaya ham ovqat pishirishni bilmaydi va bir marta buni qilishga uringan yulduz barmog‘ini kesib oladi. Aktrisa barmog‘ini shu qadar qattiq jarohatlaganki, Tom Holland uni kasalxonaga olib borgan. Natijada uning barmog‘i tikiladi. Zendaya oshxona uning uchun emasligini tan oladi.

Jared Leto

Ushbu faktdan keyin muxlislar Jared Leto haqidagi fikrlarini o‘zgartirishi va uni bemehr deb atashlari mumkin — musiqachi yig‘lashni bilmaydi. Intervyularning birida yulduzdan qaysi qo‘shiqlar uning ko‘z yoshlariga sababchi bo‘lganini so‘rashadi. Jared bunga javoban deyarli 17 yil davomida yig‘lamaganini aytadi. U buni bemehr bo‘lgani uchun emas, balki ataylab ko‘z yoshlarini chiqarishni bilmasligi bilan izohlaydi. Kundalik hayotda bu mahorat unchalik muhim emas, lekin aktyorlik karyerasi uchun bu kamchilik hisoblanadi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »