Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Biz bu turk aktyorlarini yaxshi ko‘ramiz va ular haqida juda ko‘p narsalarni bilamiz. Biroq bugun biz nafaqat yulduzlarga, balki ularning aka-uka va opa-singillariga ham e’tibor qaratamiz.

Burak O‘zchivit

“Choliqushi”, “Hukmdor Usmon”, “Muhtasham yuz yil” va boshqa seriallar yulduzining Burjun ismli opasi bor. Qiz Burakdan besh yosh katta, u yoshligidan fotografiyaga qiziqadi. Burjun modellik karyerasini tanlagan: u ko‘pincha mashhur jurnallar muqovasiga suratga tushadi, bir vaqtning o‘zida xayriya bilan shug‘ullanadi — u Istanbul saratonga qarshi kurash fondiga yordam beradi.

Burjun qizi Achelya bilan

Burjun O‘zchivit turmushga chiqqan, lekin hozirda ajrashgan. Bu nikohdan uning Achelya ismli qizi bor (bu yil u 7 yoshga to‘ladi). Muxlislarning ishonchi komilki, Burak va Burjun o‘rtasidagi 5 yosh farq bo‘lmaganida, ularni albatta egizaklar deb o‘ylashardi.

Xazal Filiz Kuchukesse

36 yoshli turkiyalik aktrisa “Sevgi iztirobi” va “Qahraton” loyihalaridan so‘ng mashhur bo‘ldi. U aktyorlikdan tashqari egizak singlisi Deniz singari modellikka ham qiziqadi.

Deniz jamoatchilikka unchalik aralashmaydi, intervyulardan qochishga harakat qiladi. Xazal va  singlisining birga tushgan fotosuratlarini kamdan-kam ko‘rish mumkin.

Kaan Urganjio‘g‘lu

42 yoshli Kaanning Jan ismli ukasi bor. Yosh farqiga qaramay (9 yosh), yigitlar doimo gaplashadigan umumiy mavzu topiladi. Kichik Urganjio‘g‘lu biznes maslahatchisi bo‘lib ishlaydi. U vaqti-vaqti bilan filmlarda rol ijro etadi (masalan, u Kaan bilan “Sevgi iztirobi” teleserialida epizodik rol o‘ynagan) va moda jurnallari uchun suratga tushadi. Urganjio‘g‘lining muxlislari uning Janga o‘xshashligiga qoyil qolishadi.

O‘zge Yag‘iz

O‘zgening Ezgi ismli opasi bor. U turmushga chiqqan va 2019-yilda Emir ismli o‘g‘ilning onasi bo‘lgan. Ikkala qiz ham go‘zallikda bir-biridan qolishmaydi, shuning uchun har birining ko‘plab muxlislari borligi ajablanarli emas.

Kadir Dog‘ulu

Neslihan Atagulning turmush o‘rtog‘i Kadirning uchta akasi va bir opasi bor, uning akasi Kamol ham Turkiyada mashhurlikda ukasidan kam emas — u moda stilisti, boshlovchi va musiqachi.

Neslihan Atagul

Neslihanning o‘zidan 7 yosh katta Ilkay ismli akasi bor. U singlisidek mashhur emas, shuning uchun imkon qadar ommaviy axborot vositalarining e’tiboridan chetda turishni afzal ko‘radi. Akasining ikki farzandi bor, ularning suratlarini o‘z blogida ulashadi.

Hande Erchel

G‘amze Erchel Handedan bir yosh katta. U Mimar Sinan nomidagi tasviriy san’at universiteti bitiruvchisi bo‘lib, u yerda to‘qimachilik dizayni bo‘yicha tahsil oladi. U hatto 2018-yilda o‘zining We Are Flowers nomli shaxsiy brendini ishga tushirishini e’lon qilgandi.

G‘amze Turkiyadagi eng muvaffaqiyatli blogerlardan biri. Shu bilan bir qatorda, u baxtli rafiqa va ona. Erchel 2019-yilda me’mor Janer Yildirimga turmushga chiqadi va o‘sha yilning dekabr oyida ona bo‘ladi. Bola tug‘ilishidan biroz oldin opa-singillarning onasi saraton kasalligidan vafot etgan, shuning uchun G‘amze qiziga buvisi — Aylin Mavi ismini qo‘ygan.

Maryam Uzerli

“Muhtasham yuz yil” seriali yulduzining akalari va o‘zidan 2 yosh katta Janan ismli opasi bor. Aynan opasi bilan Maryam juda yaqin. Opasi ham ijodkor, lekin u kino o‘rniga musiqani tanlagan. Janan Uzerli asosan turk tilida qo‘shiqlar ijro etuvchi va Germaniyada mashhur bo‘lgan jazz xonandasi.

Esra Bilgich

“Ertug‘rul” va “Ramo” seriallari yulduzi Ali ismli ukasi borligi bilan faxrlanadi. Esra tez-tez u bilan suratga tushadi va ukasi borligi uchun juda baxtli ekanligini aytadi. Aktrisaning muxlislari ularning bir-biriga o‘xshashligini ta’kidlashadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »