Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Internetda tulki niqobini kiyib, yangi tug‘ilgan tulkini boqayotgan qizning videosi tarqaldi. Richmond (Virjiniya) yovvoyi tabiat markazi xodimlari onasidan ayrilgan tulki bolasiga shunday tarzda g‘amxo‘rlik qilmoqda.

Bizning maqsadimiz hayvonlarga nafaqat omon qolish imkoniyatini berish, balki ularning o‘z turlarini tanib olishlari va nasl qoldirishlari uchun hayvonlarni yovvoyi tabiatga qo‘yib yuborishdir, — deydi markaz direktori Melissa Stenli.

Markazning Facebook’dagi sahifasida aytilishicha, veterinarlar ortiqcha tovushlarni kamaytirish, tabiatdagidek vizual to‘siqlar yaratish, turli muassasalarga borish sonini kamaytirish va boshqa ehtiyot choralarini ko‘rishga harakat qilmoqda.

Shifoxonada o‘stirilgan hayvonlar odamlarga ko‘nikib qolmasligi muhim, — deyiladi xabarda.
Foto: NBC News

Qayd etilishicha, tulki bolasi fevral oyi oxirida markazga olib kelingan. Uni o‘z iti bilan sayr qilib yurgan kishi tasodifan topib olgan. Dastlab uni mushukcha deb o‘ylagan. Mutaxassislar jonivorni ko‘zdan kechirganida, tulkining tug‘ilganiga bir kun ham bo‘lmagani ma’lum bo‘lgan. Hayvonning kindigi ham kesilmagan edi.

Markaz ko‘ngillilari zudlik bilan tulkining onasi va u yashaydigan joyni topishga harakat qiladi. Biroq tulki joylashgani taxmin qilingan hududda ovchilar ov qilgani ma’lum bo‘ldi.

Foto: Richmond Wildlife Center

Hozirda veterinariya shifokorlari tulki niqobini kiyib, har ikki-uch soatda jonivorni navbatma-navbat ovqatlantiradi. Mitti tulki esa yumshoq o‘yinchoqqa suyangan holda uxlaydi. Tulki bolasi yetarlicha kuchga to‘lgach, u yana tabiat qo‘yniga qo‘yib yuboriladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »