Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Sharqning eng zamonaviy davlati Yaponiyada 400-MA179 deb nomlangan oyoqlar uchun klaviatura ishlab chiqildi. Ushbu gadjet maxsus dasturga ega makropad bo‘lib, uning har bir tugmasiga ma’lum bir klavishlar harakati o‘rnatilishi mumkin. Bu haqda Europaplus nashri xabar bermoqda.

Foto: Europaplus

Sanwa Supply kompaniyasi tomonidan yaratilgan makropad pedallar ko‘rinishida tayyorlangan uchta tugmaga ega. Ularning har biriga klaviaturadagi istalgan tugmani yoki tugmalar birikmasini bosish orqali bajariladigan funksiyani sozlash mumkin.

Foto: Europaplus

Masalan, chap knopkaga CTRL+C, o‘ng tomonga CTRL+V tugmalarini o‘rnatsangiz bo‘ladi. Bir vaqtning o‘zida ham qo‘l, ham oyoqlar bilan ishlash orqali mazkur gadjet vaqtni tejash va ish unumdorligini oshirishga xizmat qiladi.

Foto: Europaplus

Ishlab chiqaruvchi korxonaning ta’kidlashicha, gadjet ekologik jihatdan toza bo‘lib, qayta ishlash uchun yaroqlidir.

Foto: Europaplus

Qurilmaning og‘irligi taxminan 350 gramm, hajmi 14x37 sm bo‘lib, katta joy egallamaydi. 400-MA179 oyoq klaviaturasi  USB-A kabeli yordamida kompyuterga ulanadi. Uning narxi 5280 yapon yenasi yoki 35,5 AQSH dollarini tashkil etadi.

Foto: Europaplus

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »