Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavfsizlik kengashi AQSHning G‘azoda tinch aholini himoya qilish va yordam yetkazish uchun zudlik bilan barqaror o‘t ochishni to‘xtatishga chaqiruvchi rezolyutsiya loyihasini ovozga qo‘yishga tayyorlanmoqda. Bu haqda Euronews xabar berdi.

Foto: AP Photo

Hujjat 7-oktyabr kuni HAMAS tomonidan garovga olinganlarni ozod qilishga chaqiradi. Shu bilan birga, Vashington qochqinlar bilan gavjum bo‘lgan Rafahda Isroilning quruqlikdan operatsiya o‘tkazish niyatiga ochiqchasiga qarshi chiqadi. Yaqin Sharqqa safar qilayotgan AQSH davlat kotibi Entoni Blinken Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyaxu va harbiy Vazirlar mahkamasi a’zolari bilan uchrashib, Vashington pozitsiyasini batafsil bayon qilishni rejalashtirmoqda.

Rafahdagi yirik harbiy operatsiya xato bo‘lgan bo‘lardi. Biz buni qo‘llab-quvvatlamaymiz. Bu  HAMAS bilan muammoni hal qilishda ham kerak emas. Kelgusi hafta bizda isroillik hamkasblarimiz bilan mazkur muammoni boshqacha hal qilish bo‘yicha fikrlarimizni bayon qilish imkoni bo‘ladi, — deydi Blinken.

G‘azoning bir yarim millionga yaqin aholisi Rafahda to‘plangan. BMT ma’lumotlariga ko‘ra, odamlar ochlikdan aziyat chekmoqda. JSST rahbari ocharchilikning oldini olish uchun birinchi navbatda quruqlikdagi transportni ko‘paytirish hisobiga anklavga oziq-ovqat yetkazib berish zarurligini aytgan.

Qatar poytaxti Dohada G‘azo bo‘yicha muzokaralar davom etmoqda. 22-mart kuni “Mossad” rahbari Devid Barnea Markaziy razvedka boshqarmasi direktori Uilyam Berns, Qatar bosh vaziri Muhammad bin Abdulrahmon Ol Tani va Misr razvedka xizmati rahbari Abbos Kamel bilan uchrashadi. Tomonlar potensial sulh va G‘azodagi garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvni muhokama qiladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »