Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Nukus shahridagi banklarning birida plastik kartalar sektorining yetakchi mutaxassisi lavozimida ishlagan fuqaroga sud hukmi o‘qildi. Bu haqda “Daryo” muxbiri xabar berdi.

Maʼlum qilinishicha, u 2019-yilning iyul oyidan 2022-yilning mart—may oylarigacha bo‘lgan muddatda bankning 9 milliard 208 million 862 ming so‘m pulini kompyuter texnikasi yordamida talon-toroj qilib, 1XBet totalitar o‘yiniga tikib yuborgan. Va yutqazgan.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi Jinoyat kodeksining 167-moddasi “a” va “g” bandlari (mansab mavqeini suiisteʼmol qilish yo‘li orqali o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan aybdor deb topilgan. Unga nisbatan 3 yil muddatga har qanday bank va moliya sohasidagi muassasa, korxona-tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv, maʼmuriy-xo‘jalik majburiyatlari, moddiy va moliyaviy javobgarlik belgilangan lavozimlarda ishlash huquqidan va 8 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan.

Avvalroq “O‘zmilliybank” AJning Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tuman filiali xodimi sakkiz oy davomida xorijdan kelayotgan mablag‘larni 9 talik kod orqali o‘zlashtirib, shu muddat davomida bankning 170 ming dollarini qo‘lga kiritgani va qimorda yutqazib qo‘ygani xabar berilgandi. 

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »