Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Armaniston rahbariyati “qator nodo‘stona qadamlar”da ayblab, Armanistonning Moskvadagi elchisi Vagarshak Arutyunyanni Rossiya TIVga chaqirtirdi.

Foto: Rossiya Tashqi ishlar vazirligi

Vazirlik xabarida “do‘stona bo‘lmagan qadamlar” ro‘yxati keltirilgan:

  • Xalqaro jinoiy sudning Rim statutini ratifikatsiya qilish jarayonini boshlash,
  • Armaniston bosh vaziri rafiqasi Anna Akopyanning Kiyevga “Kiyev fashistlari rejimi”ga gumanitar yordam ko‘rsatish bilan borishi
  • Armaniston hududida AQSH bilan harbiy mashg‘ulotlar o‘tkazish.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi elchiga norozilik notasini topshirdi, unda Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyanning Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarovaga yo‘llagan “tahqirlovchi bayonotlari qabul qilinishi mumkin emas” deb yozilgan.

TIV Sputnik Armaniston sharhlovchisi Ashot Gevorkyan va rossiyaparast bloger Mikael Badalyanning Armanistonda hibsga olinishidan “tashvish” bildirgan.

6-sentabr kuni Armaniston parlamenti spikeri Alen Simonyan Xalqaro jinoiy sudning Rim statuti mamlakat parlamenti tomonidan ratifikatsiya qilinishini aytdi.

Armaniston parlamenti spikeri Mariya Zaxarova bilan ham sirtdan bahs bo‘lgan. Simonyan Zaxarovaning Lochin koridoridagi vaziyat Armanistonning Ozarbayjon hududiy yaxlitligini tan olishining oqibati, degan so‘zlarini tanqid qilgan. U bu so‘zlarni absurd deb atagan. Bunga javoban Zaxarova Armaniston rasmiylarining ommaviy ritorikasini “surbetlik” bilan qiyoslagan, Simonyan esa uni “qandaydir kotiba” deb atagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »