“Tolibon” diniy maktab rahbariga elektroshoker qo‘lladi
“Tolibon” Hirotda viloyatdagi diniy maktab rahbarini o‘g‘illari bilan birga hibsga olib, qamoqqa tashladi va qiynoqqa soldi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Xabarga ko‘ra, “Tolibon” diniy maktab rahbarining fotograf o‘g‘lini hibsga olishni rejalashtirgan. Erkakning oilasi holat yuzasidan qarshilik ko‘rsatib, “Tolibon” jangarilari bilan mushtlashgan. Shundan so‘ng yana bir qancha “Tolibon” jangarilari voqea joyiga borib, diniy maktab rahbari va uning o‘g‘illarini bo‘limga olib ketgan.
Manbalarning ta’kidlashicha, “Tolibon” ularni elektrshoker yordamida qiynoqqa solgan. Hirotdagi Afg‘oniston muvaqqat hukumati rasmiylari hozircha bu haqda ma’lumot bermagan.