“Tolibon” qizlar o‘quv markazlarini yopdi
“Tolibon” Hirot viloyatidagi bir qator qizlar ta’lim markazlarini yopdi. Bu haqda mahalliy manbalarga tayanib, Hasht-e Subh Daily xabar berdi.
Manbalarga ko‘ra, “Tolibon” vakillari Hirotdagi ko‘plab qizlar o‘quv markazlariga bostirib kirgan. Ular markazga kirish yo‘llarini to‘sib, darvozalarni muhrlab, unga o‘zlarining muhrlarini bosgan. “Tolibon” bungacha o‘quv markazlari rasmiylariga ogohlantirish berib, ularning ko‘rsatmalariga rioya qilmasa, hibsga olinishi va qamoqqa olinishi bilan tahdid qilgan.
Ta’lim markazlari yopilishiga erkak o‘qituvchilarning qizlarga dars berishi sabab qilib ko‘rsatilgan. G‘azni viloyatida ham xuddi shunday vaziyat kuzatilgan. Oxirgi ikki yil davomida “Tolibon” qizlarning oltinchi sinfdan keyin yuqori sinfda o‘qishi va universitetlarda tahsil olishini taqiqlab keladi.