Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Dekabr oyida Vashingtonda Ukraina va AQSH o‘rtasida mudofaa bo‘yicha qo‘shma konferensiya o‘tkaziladi, unda sanoat va hukumat vakillari ishtirok etishi kutilmoqda. Bu haqda prezident Vladimir Zelenskiy o‘zining navbatdagi murojaatida ma’lum qildi.

Foto: Ukraina Mudofaa vazirligi

Ukraina prezidentiga ko‘ra, tadbir sentyabr oyida Kiyev mezbonlik qilgan Mudofaa sanoati forumining davomi hisoblanadi.

“Qo‘shma Shtatlar bilan hamkorlikda qurol ishlab chiqarish yo‘lida faol ish olib boryapmiz. Vashingtonga tashrifim davomida prezident Bayden bilan birgalikda amalga oshirishimiz mumkin bo‘lgan aniq vazifalar haqida kelishib olgandik. Va bu amerikaliklarni ham, bizni ham, shuningdek, sheriklarimizni ham kuchaytirishga xizmat qiladi”, — deydi Zelenskiy.

Prezident ofisi rahbari Andrey Yermakka ko‘ra, mudofaa sanoatiga bag‘ishlangan konferensiya ikki kun davom etadi. U 2023-yilning 6-7-dekabr kunlari o‘tkaziladi. Tadbir davomida hamkorlikda qurol ishlab chiqarish imkoniyati o‘rganiladi.

O‘z navbatida Oq uy Milliy xavfsizlik kengashi matbuot kotibi Edrien Uotson konferensiya AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan sa’y-harakatlari doirasida tashkil etilmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »