Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Sankt-Peterburg sharhida o‘zbekistonlik ikki migrant 84 yoshli ayolning pulini o‘g‘irlab ketdi. Bu haqda 78.ru xabar berdi.

Illyustrativ foto: Global Look Press

Ma’lum qilinishicha, voqeaga gunoh bo‘lgan sotuvchi ayol 112 raqamiga qo‘ng‘iroq qilgan. U “Pionerstroy” ko‘chasidagi 17-uy yonidagi oziq-ovqat do‘koni yonida bir kishi ayolni turtib, hamyonini olib ketganini aytgan. Yetib kelgan politsiya jabrlanuvchi bilan gaplashgan.

Jabrlanuvchining aniqlik kiritishicha, migrant orqadan yugurib kelgan, ayol yiqilib tushganidan keyin uning besh ming rublini (taxminan 56 dollar) o‘g‘irlab ketilgan. Holat yuzasidan politsiya o‘zbekistonlik ikki kishini hibsga olgan, ular hozircha hech qayerda ishlamayapti. Biri Omskda (2022-yil 24-sentyabrgacha), ikkinchisi Orenburgda (2023-yil 10-iyulgacha) vaqtinchalik ro‘yxatga olingan. Ular qanday qilib Sankt-Peterburgga kelgani noma’lum.

Mazkur holat yuzasidan Rossiya Jinoyat kodeksining 161-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Muhojirlar vaqtinchalik hibsxonaga jo‘natilgan. Tergov qo‘mitasi ish bo‘yicha tergovga jalb qilingan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »