Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyaning Sankt-Peterburg shahrida 66 yoshli nafaqaxo‘r ayolni uning kvartirasini tozalagan o‘zbekistonlik ayol o‘mardi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Illyustrativ foto: Pixabay

Ma’lum qilinishicha, voqea 24-noyabr kuni sodir bo‘lgan. Sobiq farrosh jabrlanuvchining uyiga kelib, tunab qolishni so‘ragan va rozilik olgan. Shu kuni o‘zbekistonlik ayol va noma’lum erkak jabrlanuvchining xonasiga kirib, unga pichoq tirab, pul undirishni boshlagan.

Natijada peterburglik ayol 340 ming rubl (taxminan 3 800 dollar), PIN kodli ikkita bank kartasi, ikkita mobil telefon, boshqa jihozlar va shaxsiy hujjatlarini bergan. Shundan so‘ng jabrlanuvchini uxlatadigan dori ichishga majburlashgan.

Ertasi kuni jabrlanuvchining qo‘shnisi holat yuzasidan politsiyaga qo‘ng‘iroq qilgan. Politsiya zudlik bilan jinoyat sodir etishda gumon qilib, ikki nafar O‘zbekiston fuqarosini – 51 yoshli ayol va uning 25 yoshli o‘g‘lini qo‘lga olgan. Ularga nisbatan “talonchilik” moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »