Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

BAAga parvoz paytida Rossiya prezidenti Vladimir Putin samolyotiga raketalar bilan qurollangan “Su-35S” qiruvchi samolyotlari hamrohlik qildi. Bu haqda “Kommersant” xabar berdi.

Foto: “RIA Novosti”

Kremlning ma’lum qilishicha, qiruvchi samolyotlar qo‘ngunga qadar butun parvoz davomida samolyotga hamroh bo‘lgan. Rossiya Mudofaa vazirligi taqdim etgan videoda prezidentning “Il-96” samolyoti to‘rtta “Su-35S” hamrohligida parvoz qilayotgani aks etgan. Har bir qiruvchi to‘rtta havo-havo raketasini olib yurgan.

Putinning matbuot kotibi Dmitriy Peskov qiruvchilar “turli sinfdagi standart qurollarni olib yurganini” aytdi. 

“Su-35S” reysi Rossiyadagi ekspluatatsion aerodromdan havoga ko‘tarilgan va uni birinchi toifali uchuvchilar boshqargan. Prezident samolyotini havodan qo‘llab-quvvatlash uchun hududi ustidan parvoz amalga oshirilgan davlatlardan maxsus parvoz ruxsatnomalari olingan. Biz bu davlatlardan hamkorlik uchun minnatdormiz, — dedi Peskov gap qaysi davlatlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritmasdan.

Putin 6-dekabr kuni Abu-Dabiga BAA prezidenti Muhammad bin Zoid Ol Nahayon bilan muzokaralar o‘tkazish uchun keldi. Uchrashuv avvalida Putin BAA bilan munosabatlar darajasini “misli ko‘rilmagan darajada yuqori” deb atadi. Ular Falastin—Isroil mojarosi va Ukrainadagi vaziyatni muhokama qilishni rejalashtirgan. Shuningdek, bugun kechqurun Rossiya prezidenti Saudiya Arabistoniga tashrif buyurishi rejalashtirilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »