Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

14-dekabrga o‘tar kechasi Rossiya qo‘shinlari Ukrainaning Dunay daryosidagi Izmoil portiga dronlar bilan hujum qildi. Dronlardan kamida bittasi NATO davlati hisoblangan Ruminiyaning havo hududini buzdi. Bu haqda NTV xabar berdi.

Foto: Ruminiya Mudofaa vazirligi

Mazkur hodisaga javoban Germaniya o‘zining Eurofighter qiruvchi samolyotlarini havoga ko‘tardi. Nemis aviatexnikalarini rus dronlari ustidan vizual nazoratni o‘rnatdi, ammo NATO tomonidan ularni urib tushirish haqida buyruq bo‘lmadi. 

Rossiya Qurolli kuchlari 14-dekabrga o‘tar kechasi Ukraina bo‘ylab jami 70 tagacha Shahed 136 rusumli dronlarni uchirdi. Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ulardan biri Ruminiya havo hududida portlagan.

Ruminiya Mudofaa vazirligi Ukraina bilan chegaradan 6,5 kilometr uzoqlikdagi Grind qishlog‘i yaqinida 1,5 metr chuqurlikda krater hosil bo‘lganini ma’lum qildi. Buni Rossiya droni hosil qilgani “ehtimoli” mavjud. Buxarest ham F-16 samolyotlarini kuzatuv uchun osmonga ko‘tardi.

“Vazirlik Rossiyaning Dunay daryosidagi Ukraina portlaridagi ayrim obyektlar va fuqarolik infratuzilmasi elementlariga hujumlarini keskin qoralaydi. Bu hujumlar asossiz va xalqaro gumanitar qonunlarga jiddiy ziddir”, — deyiladi Ruminiya bayonotida.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »