Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiya Markaziy saylov komissiyasi jurnalist Yekaterina Duntsovani prezidentlikka nomzod sifatida ro‘yxatga olishdan bosh tortdi. Bu haqda BBC xabar berdi.

Foto: “TASS”

Ma’lum qilinishicha, Markaziy saylov komissiyasi Duntsovaga nomzod sifatida o‘zini ko‘rsatishi uchun zarur imzolarni to‘plashga ruxsat bermadi. MSK nomzodlik hujjatlarida “100 ta xato topgani” uchun ro‘yxatga olishdan bosh tortdi. Komissiya, masalan, xatolardan birida “Valeryevna” o‘rniga “Valerievna” deb yozilganini bildirdi. 

MSK aʼzosi Yevgeniy Shevchenkoning aytishicha, guruh aʼzolarining 20 foizi bayonotlarida xatoliklar bo‘lgan.

“Biz hujjatlarni sinchiklab o‘rganib chiqdik va ular huquqiy me’yorlarga rioya qilmasdan, shoshqaloqlik bilan tuzilgandek taassurot oldik”, — dedi u.
“Yekaterina Sergeyevna, siz yosh ayolsiz, sizda hali hammasi oldinda. Har qanday minusni har doim plyusga aylantirish mumkin, har qanday tajriba tajribadir”, — dedi komissiya rahbari Ella Pamfilova MSK yig‘ilishida.

Shundan keyin Yekaterina Duntsova MSK qarori ustidan Rossiya Oliy sudiga shikoyat qilinishini aytdi. Duntsova “Yabloko” partiyasidan uni prezidentlikka nomzod sifatida ko‘rsatishga chaqirdi. Chunki uning nomzodini ilgari surgan tashabbus guruhi ikkinchi yig‘ilish o‘tkaza olmaydi.

  • Yekaterina Duntsova 16-noyabr kuni prezidentlikka o‘z nomzodini ko‘rsatishini ma’lum qildi. U o‘z qarorini “so‘nggi o‘n yil ichida mamlakat noto‘g‘ri yo‘nalishda ketmoqda: rivojlanish uchun emas, balki o‘z-o‘zini yo‘q qilish yo‘li” bilan izohlagandi.
  • Duntsovaning veb-saytida aytilishicha, u urushni to‘xtatish, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod qilish tarafdori. Jurnalist prezidentlikka nomzodini qo‘yish rejasini e’lon qilganidan ko‘p o‘tmay, uni prokuraturaga chaqirishgan va “VTB” bank uning nomiga pul o‘tkazmalarini bloklagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »