Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Joriy yilning 25-yanvar kuni AQSH tarixida birinchi marta azot gazidan foydalangan holda mahbus qatl etiladi. Bu haqda Alabama shtati sudi xabar berdi. NBC News xabariga ko‘ra, 58 yoshli Kennet Yujin Smitga nisbatan shunday jazo qo‘llanadi.

U 1988-yilda ruhoniy Charlz Sennet buyurtmasi asosida uning rafiqasini o‘ldirgan. Ruhoniy turmush o‘rtog‘ining o‘limidan so‘ng sug‘urta pullarini olib, shu tarzda qarzlarini yopmoqchi bo‘lgan.

Foto: Google Images

Kennet Smit va uning advokatlari qatlni bekor qilishga harakat qilib ko‘rishdi, ammo sud ularning iltimosini rad etdi va AQSHda azotdan foydalangan holda birinchi qatlni amalga oshirishga ruxsat berdi.

Ushbu turdagi qatlda mahbus kisloroddan mahrum qilinib, faqat azot bilan nafas olishiga sharoit yaratiladi. Azot gipoksiyasi bilan qatl qilish AQSHning uchta shtatida — Alabama, Oklaxoma va Missisipida ruxsat berilgan, lekin hozirgacha hech qachon qo‘llanmagandi.

Alabama rahbariyati inyeksiya orqali o‘lim jazosini amalga oshirish uchun dori-darmonlar tanqisligi tufayli 2018-yildan boshlab azot bilan qatl etishga ruxsat berdi. Yangi usul tarafdorlari u og‘riqsiz bo‘lishini ta’kidlamoqda.

Bundan tashqari, rasmiylarning ta’kidlashicha, azot gazi bilan qatl qilish ukol orqali o‘lim jazosini ijro etishdagi muammolarning oldini olishga yordam beradi. Masalan, ba’zi hollarda o‘limga olib keluvchi inyeksiyadan keyin mahbus tirik qolgan, buning ortidan esa turli sud jarayonlari boshlangan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »