Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

AQSH razvedkasi Ukraina hududidagi janglar kamida yana ikki yil davom etadi, deb hisoblamoqda. Bu haqda CNN xabar berdi.

CNN maʼlumotlariga ko‘ra, baʼzi Amerika va G‘arb rasmiylari mojaro besh yilga cho‘zilishi mumkinligini ham taxmin qilmoqda.

Telekanal Ukraina bu yil mudofaa sanoatini mustahkamlaydi va 2025-yilda Rossiyadan keng ko‘lamli kuchayishni kutgan holda qurolli kuchlarini qayta quradi, deb hisoblayotgan amerikalik amaldorning fikrini keltirib o‘tdi.

Foto: Google Images

“Shuning uchun G‘arbning doimiy qo‘llab-quvvatlashi juda muhim, chunki Ukraina uchun kelgusi yilda kelajagini belgilab beradigan muhim voqealar sodir bo‘lishi mumkin”, dedi manba CNN telekanaliga.

Yevropada joylashgan amerikalik harbiy amaldorning telekanalga aytishicha, Ukraina kamida ikki yil ichida Rossiya qo‘shinlarini Zaporojye viloyatidagi Melitopoldan haydab chiqarish uchun ikkinchi yirik qarshi hujumga urinishi mumkin. CNN telekanaliga intervyu bergan amerikalik va G‘arb rasmiylari bu yil har ikki tomonning sezilarli muvaffaqiyatga erishishini kutmayapti.

28-dekabr kuni Yaponiyaning Nikkei gazetasi e’lon qilgan materialda, Rossiya prezidenti Vladimir Putin 2023-yil 20-mart kuni bo‘lib o‘tgan uchrashuv chog‘ida XXR raisi Si Szinpinga Rossiya Federatsiyasi Ukrainada besh yil davomida harbiy operatsiya o‘tkazishini aytgani ma’lum qilingandi.

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy aprel oyida Finlyandiyaning Yle nashriga bergan intervyusida mojaro yillar va hatto o‘nlab yillar davom etishi mumkinligini tan olgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »