Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

O‘zbekistondagi shifoxonalarda faoliyat yurituvchi shifokorlarning bemorlarga dori yozishida dorixonalar hamda farmchilar bilan kelishib, ular aytgan dorini tavsiya qilish amaliyotiga qachon va qay yo‘l bilan chek qo‘yilishi so‘raldi. Bu haqdagi savol Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida Demokrat.uz sayti xodimi, jurnalist Ilyos Safarov tomonidan yangradi. 

Jurnalist yig‘ilishda sohada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va rejalar haqida gapirgan amaldor — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizovga yuzlanib, agentlikning bu masaladagi fikrini so‘radi. 

Ilyos Safarov
Foto: “Daryo”
Davlat shifoxonalarida ham, xususiylarida ham vrachlarning dorixonalar va farmkompaniyalar bilan kelishib olib, ular tavsiya qilayotgan dorilarni foydasi bo‘lsa, bo‘lmasa “olti-yettita dori bo‘lsa, orasida bitta foydasizi bo‘lsa bo‘lar”, degan qarash bilan yozish amaliyoti bor. Mana shu holatning ildiziga qanday bolta urish mumkin, bu haqda ham o‘ylanyaptimi?, — deya savol berdi jurnalist. 

Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov buning yechimi elektron retsept ekanini aytdi. 

Abdulla Azizov
Foto: “Daryo”
Buning oldini olish yo‘li aytganimdek, elektron retsept. Kim bilan gaplashmang, sen elektron retseptni tushunmaguningcha bir joyda sakrab turaverasan deyishadi. Bizda retsept formasi bor. Lekin odamlar retsept yozishni ham bilmaydi. Uni to‘ldirishni ham bilmaydi. Chunki u yerda bir dona dori yoza olasiz. 15 ta dori yozish, qog‘oz to‘ldirish uchun bir soat o‘tiradi. Shuning uchun eng osoni bir qog‘ozni olib, yozib, buni berish. Oddiy qog‘ozga yozilgan retseptni kim yozganini bilib bo‘lmaydi va yozgan odam ham tan olmaydi. Bo‘ldi, aptekaga bordi, aptekachi qanday o‘qisa, shunday berib yuboraveradi. Daniyada oilaviy shifokor sifatida ishlovchi akamdan eng ko‘p yozgan doringiz soni nechta deb so‘rganimda, eng ko‘pi uchta ekanini aytgandi.
Bizda esa 10-15 ta. Elektron retsept yozayotgan shifokor o‘zining login, paroli bilan kiradi. U nima berganini biz istoriyasi orqali har doim ko‘ramiz. Qaysidir vrach har doim bitta preparatni yozyaptimi demak, u kimgadir ishlaydi. Yoki dorini to‘rttadan ko‘p yozdi. Shu yerda bosh vrach uni chaqirib, analiz qilishi kerak. ‘Nega to‘rtta yoki undan ko‘p dori yozding, menga tushuntir’ deb so‘rashi kerak. Bizda hozir 10 ta yozsa ham, birov uni nazorat qilmaydi. Bizda shifokorlar ham o‘sha yozgan o‘nta dorisining ikkitasi foyda berishini biladi. Bemor esa 10 ta dori ichib, hammasining ta’siri bo‘lyapti deb xursand bo‘lib yuradi. Biz elektron retsept orqali ishlashimiz kerak. Buning bitta yechimi shu, — dedi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »