Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Jurnalist Aziza Qurbonova Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori hamda mas’ullariga O‘zbekistonning farmatsevtika tarmog‘idagi muammolar haqida davlat rahbariga aytib, taklif berishlari kerakligini bildirdi. Va xalqning farmatsevtlarga, o‘zining farm bozoriga ishonchi yo‘qolganini aytdi. Bu haqda agentlik huzuridagi Jamoatchilik kengashi yig‘ilishida so‘z bordi. 

2024-yilning 2-fevral kuni bo‘lib o‘tgan yig‘ilishda so‘z olgan mas’ul — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov sohada qilinishi lozim bo‘lgan ishlar va rejalar haqida gapirgach, jurnalist va blogerlarni qiziqtirgan savollarga ham javob qaytardi. 

Foto: “Daryo”

Tadbirda so‘z olgan jurnalist Aziza Qurbonova agentlik rahbari Abdulla Azizovga yuzlanar ekan, “Xalqqa sifatli dori kerak. Masalan, menda hozir dilemma turibdi. Farzandim bir yosh-u bir oylik, davlat emlashini olish uchun AKDSga borsammikin yoki xususiyga 1 million so‘mga qildirsammikin? Davlatnikiga ishonch yo‘q deyishmoqda. Lekin u katta mablag‘ evaziga Hindistondan keladi. Ularda ham kimningdir boshi turibdi, javob berishi kerak. Sifatini tekshirgandir. Ammo menga ‘senga qiyin bo‘ladi, bolang qiynaladi’ degan gapni shifokorlar aytmoqda. Men bir million topa olaman, lekin mamlakatning 35 million aholisidan 5 millioni shu pulni topa olmaydi. Statistikani ko‘ring, minglab, yuz minglab ayollar rad etyapti buni. ‘Men bu emlashni olishni istamayman’, demoqda. Ishonch yo‘qoldi. Xalqning farmatsevtlarga, o‘zining farm bozoriga ishonchi yo‘q edi, lekin bori ham yo‘qoldi”, — dedi jurnalist. 

Jurnalist davlatning yod bilan bog‘liq katta loyihasi ham o‘zini oqlamaganini eslatdi va bu voqea aybdorlari bilan bog‘liq holat hamon ochiqlanmaganini bildirdi. 

Foto: “Daryo”
Xalqning xotirasi qisqa deysiz-u, lekin unutmayapti. Endi farzandlarimizni, bo‘yi yetmagan qizlarimizni papilloma virusiga qarshi emlashimiz kerak. Holbuki, 125 ming odam rak bizda. Ayollar jenskiy tomonlama rak. Muammolar bosib yotibdi. Yoshlarimizni emlashimiz kerak deya ezgu niyatda olib kelingan papilloma vaksinasiga xalq umuman ishonmaydi. Men doktorlar avlodi bo‘lgan dugonalarimni ishontirolmayapman. Ular qizlariga shu vaksinani qildirmaydi. Lekin qizlar turmushga chiqqunlaricha, shu vaksinani olishi kerak. Bu ishonchni qaytarish oson bo‘lmaydi. Shu sabab ham qilolmagan ishlarimizni pulga bo‘lsa ham qildirishimiz kerak. Siz davlat rahbarining oldiga kirgach, muammolarni ko‘tara olasiz. Buni bilaman. Siz hammaga o‘xshab ‘bizda hammasi zo‘r’ demaysiz. Buning uchun rahmat aytaman, albatta. Ko‘p ko‘rganman o‘zim. Har holda masala qo‘ya oladigan rahbar nimanidir o‘zgartirishi mumkin, — deydi Aziza Qurbonova. 

Jurnalist mas’ullarga taklif berar ekan, dori laboratoriyalarni autsors qilish kerakligini, qo‘limizdan kelmagan ishni kimgadir pul berib bo‘lsa-da, qildirish lozimligini aytmoqda. 

Foto: “Daryo”
Hamma shu ishni qiladi. Ertaga milliard-milliard kompensatsiya to‘lagandan ko‘ra, hozir pullarni ketkazgan yaxshi. Farm institutga ko‘pchilik pulga kirgan. Qanaqa qilib tekshirib beradi? Yaxshiyam sizlar qolgansizlar, keyingi avloddan qo‘rqaman, — dedi jurnalist. 

Savolga javob bergan mas’ul, Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Habibulla Jalilov jurnalistning bu savoliga javoban dastlab uni sohani yaxshi tushunmaslikda, sohaning ayni kundagi o‘zgarishlaridan bexabarlikda aybladi. 

Habibulla Jalilov
Foto: “Daryo”
Balkim bu kuyinishga “Dok-1 Maks” sabab bo‘layotgandir. Aslida “Dok-1 Maks” fojiasining kelib chiqish sababini bilib olaylik. Bu yerdagilarning ko‘pchiligi bundan xabardor. “Dok-1 Maks” aslida qalbaki dori. Hindistonlik ishlab chiqaruvchi ko‘ra-bila turib, ataylab, bu yerda yaxshi ekspertizadan o‘tib, yaxshi sinovdan o‘tgan dori o‘rniga katta foyda olish uchun noto‘g‘ri xomashyoni qo‘shib, zaharli dori ishlab chiqargan. Hech qaysi davlatda qalbaki dorining ichidagi primisdan saqlanadigan 100 foizlik kafolatli tekshiruv yo‘q. AQSH va Yevropa mamlakatlarida ham bunday zaharlanish holati kuzatilgan va ularda ham bunday aniqlash imkoniyati yo‘q, —  dedi Davlat farmakopeyasi bosh muharriri Habibulla Jalilov.

Davlat farmakopeyasi bosh muharriri avvalroq O‘zbekistonda “Dok-1 Maks” fojiasi takrorlanmasligini, mamlakatda endilikda zaharli dorilarni aniqlovchi imkoniyat borligini ma’lum qilgandi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »