Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shayx so‘zi sharq ertaklarini eslatadi. Zamonaviy shayxlarning hayoti esa ularning tuganmas boyligi, go‘zallik, qadimiy urf-odatlar va zamonaviy texnologiyalarni o‘zida birlashtiradi. Ushbu maqolada siz dunyodagi eng boy shayxlar qarorgohlari bilan yaqindan tanishasiz.

Abu-Dabidagi Shayx Amir prezident saroyi

Bir necha yil avval vafot etgan BAA prezidenti Xalifa ibn Zoid al Nahayon dunyodagi eng boy hukmdorlardan biri edi. Uning shaxsiy boyligi 15 milliard dollardan ortiq, oilasining boyligi esa 150 milliard dollarga baholangan.

Uning saroyi “Qasr al-Vatan” deb nomlanib, undagi hovuz va favvoralar Fransiyaning Evian shahri yaqinidagi buloqlardan keltirilgan mineral suv bilan to‘ldirilgan. Marhum butun dunyoda nechta qarorgohi borligini eslay olmasdi.

Masalan, uning Madrid yaqinida hashamatli saroyi bor, unda 15 nafar ishchi xizmat qiladi. Ajablanarlisi, prezidentning o‘zi va uning oilasi bu uyga hech qachon tashrif buyurmagan. Londonning o‘zida shayxning 140 dan ortiq ko‘chmas mulki bor.

Foto: mykaleidoscope.ru
Foto: mykaleidoscope.ru
Foto: mykaleidoscope.ru
Foto: Dzen

Dubaydagi Shayx Muhammad saroyi

Dubay amiri Muhammad ibn Rashid al-Maktum BAA Bosh vaziri va vitse-prezidenti hisoblanadi. Shayxning boyligi 4 milliard dollardan oshadi. Aytishlaricha, uning uyida shirinliklarni ustki qog‘ozi bilan yeyishadi, chunki bunday konfetlar yeyish mumkin bo‘lgan qandolat oltini bilan qoplangan.

Dubay shayxi dunyodagi eng zotdor otlarning egasi, otxona uchun noyob o‘t to‘g‘ridan to‘g‘ri Avstraliyadan keltiriladi. Saroy arabcha uslubda qurilgan va uni faqat tashqi tomondan ko‘rishga ruxsat bor. Sayyohlar xiyobon bo‘ylab asosiy arkkacha to‘xtamaslik sharti bilan taksida sayohat qilishlari mumkin.

Foto: collection-design
Foto: collection-design
Foto: collection-design

Bruney sultoni saroyi

Nurul Imon (Iymon nuri) deb nomlangan saroy Bruney sultoni, dunyodagi eng badavlat kishilardan biri hisoblangan Hassanal Bolkiahning qarorgohi hisoblanadi. Uning boyligi 20 milliard dollarga baholangan va qasri dunyodagi eng katta qarorgoh hisoblanadi. U hatto eng katta turar joy majmuasi sifatida Ginnesning rekordlar kitobiga kiritilgan. 200 ming kvadrat metr uy, 1788 ta xona, 257 ta hammom, 18 ta lift, beshta suzish havzasi, 5000 kishilik asosiy zal va 1,5 ming kishilik masjidga ega. Saroydagi garaj kamida 110 ta mashinani sig‘dira oladi, otxona esa 200 otga mo‘ljallangan.

Foto: Wday
Foto: Wday
Foto: Wday
Foto: Wday

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »