Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy 291 yuridik shaxsga qarshi o‘n yilgacha muddatga sanksiya kiritdi. Bu ro‘yxatdan Qozog‘istonning ikki kompaniyasi ham o‘rin oldi. Bu haqda “Press.kz” xabar berdi.

Foto: Ukraina prezidenti matbuot xizmati

Sanksiyalar ro‘yxatiga Ostonada ro‘yxatdan o‘tgan ITC-Astana mas’uliyati cheklangan jamiyati kiritilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2013-yildan buyon kichik korxona chakana savdo bilan shug‘ullanadi.

Kokshetau shahrida ro‘yxatdan o‘tgan “Tinis” aksiyadorlik jamiyati ham shunday ro‘yxatga kiritilgan. U davlat mudofaa buyurtmasini bajaradi va ishlab chiqarishning asosiy qismi aviatsiyaga tegishli.

“Tinis” kompaniyasining to‘liq ulushi Kazakhstan Engineering’ga tegishli bo‘lib, u o‘z navbatida “Samruk-Kazyna” aksiyadorlik jamiyatiga qarashli. U 2008-yilda Qozog‘iston prezidentining farmoni bilan tashkil etilgan. Jamg'armaning yagona aksiyadori Qozog‘iston hukumati hisoblanadi.

Ro‘yxatga Gruziyaning Georgian Airways aviakompaniyasi ham kiritilgan. Sanskiya Rossiyaga parvozlar qayta tiklanishi fonida qo‘llanilgan.

Avvalroq Yevropa Ittifoqi Qozog‘iston kompaniyalariga qarshi sanksiyalar joriy etish niyatida ekani ma’lum bo‘lgan edi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »