Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Turkiya “don kelishuvini” yangilash bo‘yicha takliflar ustida ishlamoqda, ehtimoliy muzokaralar Istanbulda bo‘lib o‘tishi mumkin. Bu haqda Sabah xabar berdi.

Foto: depositphotos.com

Rossiya don bitimidan chiqqanidan keyin jahon oziq-ovqat bozoridagi vaziyat sezilarli darajada yomonlashdi.

“Rossiya kelishuvni to‘xtatganidan beri kam rivojlangan mamlakatlarda don narxi 15 foizga oshdi. G‘alla tashabbusi to‘xtatilganidan keyin bir oy ichida 220 ming tonna g‘alla bombardimondan zarar ko‘rdi, bu esa 810 ming kishini bir yil davomida oziqlantirishga yetar edi”, — deyiladi xabarda

Shuningdek, Turkiya “don yo‘lagi”dan boshqa muqobil variantlar ocharchilik xavfining oldini olish uchun yetarli bo‘lishiga ishonmaydi va “don yo‘lagi” mexanizmini qayta tiklash bo‘yicha sa’y-harakatlarni davom ettirmoqda.

“Turkiya global muammolarni keltirib chiqarmaslik uchun yo‘lakni funksional holga keltirish bo‘yicha loyiha takliflari ustida ishlamoqda. Moskva va Kiyev o‘rtasida yo‘lakni faollashtirish bo‘yicha texnik muzokaralar Istanbulda o‘tkazilishi mumkin”, — deyiladi maqolada.

Bundan tashqari, “koridordan o‘tadigan donni yanada adolatli taqsimlash va kambag‘al mamlakatlarga ustunlik berish takliflari” ham muzokaralar stolidan joy olishi kutilmoqda.

Rossiya Qora dengiz portlaridan Ukraina oziq-ovqat mahsulotlarini eksport qilishga ruxsat bergan don bitimidan chiqdi

Iyul oyida Rossiya don shartnomasini uzaytirishdan bosh tortdi. 20-iyuldan boshlab Rossiya Qora dengizda Ukraina portlariga ketayotgan barcha kemalarni potensial harbiy yuk tashuvchisi deb hisoblashi, ular rus qo‘shinlarining qonuniy nishoniga aylanishi va bayroqlari ko‘tarilgan davlatlar konfliktda Ukraina tomonida ko‘rilishini bildirdi.

Ukraina Chernomorsk, Odessa va Yujniy portlariga suzib yuruvchi savdo kemalari uchun Qora dengizda vaqtinchalik koridorlarni ochdi. Shu bilan birga, Kiyev ularning xavfsizligini kafolatlay olmasligidan ogohlantirdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »