Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

20-sentabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putinning Sochidagi qarorgohidan 25 kilometr uzoqlikda Ukraina droni qulab tushdi. Bu haqda “Agenstvo” xabar berdi.

Foto: AP Photo

Dron hujumi oqibatida Adler shahridagi neft bazasida yoqilg‘i baki yonib ketgan. Krasnodar o‘lkasi gubernatori Veniamin Kondratyev yong‘in maydoni 96 kvadrat metrni tashkil etganini aytgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.

Rasmiylar yong‘in sabablarini rasman e’lon qilmagan. Dron hujumi haqida Rossiyaning Baza, Shot va Mash Telegram kanallari xabar bergan, ular, shuningdek, dron bo‘laklari aks etgan suratlarini chop etgan.

Adler Ukraina tomonidan nazorat qilinadigan eng yaqin hududdan taxminan 550 kilometr uzoqlikda joylashgan. Dronlar ilgari hech qachon Rossiyaning Qora dengiz sohillariga bunchalik uzoq uchmagan.

Dron halokatga uchragan joy prezidentning rasmiy qarorgohi “Bocharov Ruchey”dan taxminan 25 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bundan tashqari, rezidensiya neft omboriga qaraganda Ukrainaga yaqinroq joylashgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »