Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Afg‘onistonda “terrorchi” guruhlar borligi haqidagi xavotirlardan so‘ng “Tolibon” matbuot kotibi Zabihulloh Mujohid xavfsizlik masalalarida Pokiston yordam bera olishlarini aytdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

Foto: AFP

Mujohid Afg‘oniston muvaqqat hukumati Pokiston xavfsizligi masalalarida o‘z kuchi va imkoniyatlariga qarab chora ko‘rishini bildirdi.

“Pokiston ichidagi xavfsizlik masalasiga kelsak, qo‘limizdan kelganini qilamiz. Nima bo‘lishidan qat’iy nazar, mamlakat ichki chegarasini kesib o‘tishga yordam bera olmasligimizni pokistonliklar biladi, chunki bu ularning shaxsiy mas’uliyati”, — dedi u.

O‘z navbatida, Pokiston har doim terroristik guruhlar, xususan, “Tehrik-e-Tolibon Pokiston” Afg‘oniston hududidan mamlakatga qarshi foydalanayotganini daʼvo qilib keladi. Bunga javoban Mujohid Afg‘oniston tuprog‘idan qo’shni davlatlarga qarshi foydalanishga yo‘l qo‘yilmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »