Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Qalqonsimon bez – tarkibida yod mavjud bo‘lgan gormonlarni ishlab chiqaruvchi ichki sekretsiya bezi. U butun organizmni nazorat qiluvchi gormonlarning hosil bo‘lishi hamda ishlab chiqarilishi uchun masʼul hisoblanadi. Amerika qalqonsimon bez assosiatsiyasi maʼlumotlariga ko‘ra, u haddan tashqari faol yoki aksincha, o‘ta sust ishlashi mumkin. Statistik maʼlumotlar ushbu aʼzo bilan bog‘liq kasalliklar erkaklarga nisbatan ayollarda ko‘proq uchrashini tasdiqlaydi.

Agar organizmingizda qalqonsimon bez gormonlari haddan tashqari ko‘p ishlab chiqarilayotgan bo‘lsa, sizda gipertireoz, gormonlar miqdori o‘ta kam bo‘lsa, gipotireoz holati kuzatiladi. Gormonlar miqdorining meʼyoridan kamligi ham, ko‘pligi ham butun organizmga taʼsir qilmasdan qolmaydi. Biz bugun ushbu gormonlarning sochlarga qanday taʼsir qilishini ko‘rib chiqamiz.

Sochlardagi quruqlik, dag‘allik va sinuvchanlik qalqonsimon bez kasalliklari belgisi bo‘lishi mumkin.

Yoki aksincha:

Gipertireoz baʼzida sochlaringizning haddan tashqari mayin va ingichka bo‘lib ketishiga ham olib keladi.

“Healthline” ekspertlari buni sochlar uchun T3 va T4 gormonlari javob berishi bilan izohlaydilar. Ushbu gormonlar miqdori meʼyordan ko‘payib yoki kamayib ketsa, qon tomirlari orqali oziqlanadigan soch follikulalari ildizidan yangi sochlar chiqa boshlaydi. Biroq qalqonsimon bez kasalligi tufayli jarayon butunlay o‘zgarib ketadi.

Bosh terisining maʼlum sohalaridagi soch tolalarining haddan tashqari ko‘p va tez to‘kilishi gormonlar bilan bog‘liq muammolardan darak beradi.

Buyuk Britaniya qalqonsimon bez fondi vakillari bu borada shunday deydilar: “Alopetsiya odatda terining alohida qismlari, ko‘p hollarda aylana shaklidagi sohada kallikni keltirib chiqaradi. Bu holat vaqtinchalik bo‘lsa-da, afsuski sochlarning sezilarli darajada to‘kilishiga olib keladi”.

Giper va gipotireozga olib keluvchi omillarning haddan tashqari ko‘p ekanligini hisobga olgan holda sochlaringiz odatdagidan tez to‘kila boshlaganini payqaganingiz zahoti endokrinologga murojaat qilishni tavsiya etamiz.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »