Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

“Tolibon” harakatining Qishloq, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi delegatsiyasi O‘zbekistonga tashrif buyurdi. Bu haqda Hasht-e Subh Daily xabar berdi.

 
Foto: Hasht-e Subh Daily

Afg‘oniston Qishloq, irrigatsiya va chorvachilik vazirligi O‘zbekiston bilan “hamkorlikni mustahkamlash” uchun Toshkentga jo‘nab ketganini e’lon qildi.

Tashrif davomida bug‘doy va paxta urug‘lari hosildorligi, guruch yetishtirish, tomchilatib sug‘orishni rivojlantirish, bog‘dorchilikni rivojlantirish, kadrlar malakasini oshirish, Afg‘onistonning quritilgan mevalari kabi masalalar muhokama qilinadi. Investitsiyalar va boshqa sohalar bo‘yicha suhbat olib borilib, shartnomalar imzolanadi.

Delegatsiyaga “Tolibon” Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari o‘rinbosari Sadrazam Usmoniy boshchilik qilmoqda va unga quyidagilar hamrohlik qilgan:

  • Xon Mohammad Forutan — Afg‘oniston qishloq xo‘jaligi palatasi rahbari;
  • Axtar Muhammad Ahmadiy — uning o‘rinbosari;
  • Mohammad Qosim Yusufiy — palata kotibiyati rahbari;
  • Siddiqulla Rahmoniy — Qishloq xo‘jaligi vazirligi urug‘chilikni sertifikatlashtirish boshqarmasi boshlig‘i;
  • Muxtor Mohseni — Qishloq xo‘jaligi vazirligi veterinariya nazorati boshqarmasi boshlig‘i;
  • Hamidulla Ahmadzay — Qishloq xo‘jaligi vazirligi Tuproqshunoslik boshqarmasi boshlig‘i;
  • Muhammad Vali Vaziriy — Qishloq xo'jaligi vazirligi boshlig‘i maslahatchisi;
  • Muhammad Rafi Bavariy — Qishloq xo‘jaligi vazirligi rahbari o‘rinbosari maslahatchisi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »