Superliga. “Surxon”da ishonchli, “Andijon” va “Qizilqum”da minimal g‘alaba, “Olimpik” safarda “Metallurg”ga imkoniyatni boy berdi
Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 26-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 1-dekabr, juma kuni bo‘lib o‘tdi.
“Surxon” safarda “So‘g‘diyona” mehmoni bo‘ldi. Uchrashuvning birinchi bo‘limida darvozalar ishg‘ol etilmadi. Ikkinchi bo‘limda surxonliklar hisobni ochdi. 52-daqiqada Sunnatilloh Hamidjonov o‘z nomiga gol yozdirib qo‘ydi. 77-daqiqada Silvanus Nimeli hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Qolgan daqiqalarda gol urilmadi va “Surxon” g‘alaba qozondi.
“Qizilqum” “Turon” ustidan 1:0 hisobida zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona gol 38-daqiqada Asadbek Asadov tomonidan urildi.
“Andijon” va “Buxoro” o‘rtasidagi bahsda ham 1:0 hisobi qayd etildi. “Andijon” futbolchisi Sardor Abdunabiyev 10-daqiqada buxoroliklar darvozasini ishg‘ol qildi va jamoasiga g‘alaba keltirdi.
“Metallurg” “Olimpik”ka qarshi bahs olib bordi va 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. “Metallurg” safida Husniddin G‘ofurov dubl muallifiga aylandi. “Olimpik” tarkibida Jasur Jaloliddinov o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Superliga
26-tur
1-dekabr, juma
“So‘g‘diyona” – “Surxon” 0:2
Gollar: 0:1 — 52 Sunnatilloh Hamidjonov, 0:2 — 77 Silvanus Nimeli.
“Qizilqum” – “Turon” 1:0
Gol: 1:0 — 38 Asadbek Asadov.
“Andijon” – “Buxoro” 1:0
Gol: 1:0 — 10 Sardor Abdunabiyev.
“Metallurg” – “Olimpik” 2:1
Gollar: 1:0 — 10 Husniddin G‘ofurov, 2:0 — 64 Husniddin G‘ofurov, 2:1 — 87 Jasur Jaloliddinov.