Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy Associated Press agentligiga bergan intervyusida Ukrainaning qarshi hujumi haqida ma’lumot berdi. 

Foto: Associated Press

Zelenskiy qarshi hujum natijalaridan qay darajada qoniqqani haqida gapirdi.

“Biz chekinmayapmiz, bundan mamnunman. Dunyodagi ikkinchi armiya bilan jang qilyapmiz, mamnunman. Odamlarni yo‘qotmoqdamiz, qoniqmayman. Biz xohlagan barcha qurollarni olmadik, bundan mamnun emasman, ammo juda ko‘p shikoyat qila olmayman. Biz tezroq ko‘zlangan natijalarga erishmoqchi edik. Shu nuqtai nazardan qaraganda, afsuski, biz xohlagan narsaga erisha olmadik va bu haqiqat”, — dedi siyosatchi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, Ukraina o‘z ittifoqchilaridan o‘zi uchun zarur bo‘lgan barcha qurollarni olmagan, qurolli kuchlar sonining cheklangani ham tezkor hujumga halaqit bergan.

“Istalgan natijalarga tezroq erishish uchun kuch yetarli emas. Ammo bu taslim bo‘lishimiz kerak degani emas. Biz qilayotgan ishimizdan ishonchimiz komil. O‘zimizniki bo‘lgan narsalar uchun kurashamiz”, — dedi Ukraina rahbari.

Zelenskiy Isroilning HAMAS bilan urushi fonida Ukrainadagi urush fonga o‘tib ketishidan qo‘rqishi, chunki bu G‘arb harbiy yordamining qisqarishiga ham olib kelishini aytdi. Qurol va o‘q-dorilarning doimiy taqchilligini hisobga olib, Ukraina prezidenti mahalliy qurol ishlab chiqarishni ko‘paytirishni Ukraina uchun keyingi eng muhim qadam deb hisoblaydi.

Buning uchun Ukraina budjetining muhim qismi ajratilgan, ammo hozirgi ishlab chiqarish hajmi urush to‘lqinini o‘zgartirish uchun yetarli emas. Zelenskiy G‘arb ittifoqchilari, jumladan, AQSH unga bu maqsadga erishish uchun foydali kreditlar va shartnomalar taklif qilishiga umid qilmoqda.

“Bu chiqish yo‘li”, — dedi Zelenskiy va Rossiyani harbiy jihatdan o‘zini o‘zi ta’minlaydigan Ukrainadan boshqa hech narsa qo‘rqitmasligini aytdi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »