Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Iroq AQSHning respublikadagi “Kataib Hizbulloh” va unga aloqador guruhlar obyektlariga bergan zarbasiga munosabat bildirib, buni suverenitetga hujum deb atadi. Bu haqda “Gazeta.ru” xabar berdi.

Foto: AFP

Iroq bosh vaziri Muhammad al-Sudaniy AQSHning respublika hududidagi “Kataib Hizbulloh” guruhi nishonlariga zarbalari davlat suverenitetini qo‘pol ravishda buzayotganini aytdi. Tegishli munosabat uning Facebook’dagi sahifasida paydo bo‘ldi.

“Iroq hukumati 2023-yilning 26-dekabrida Amerika kuchlari javob choralari bahonasida Iroq harbiy obyektlariga hujum qilgan voqeani qoralaydi”, — deydi Muhammad al-Sudaniy.

Al-Sudaniy Vashingtonning harakatlarini “dushmanlik” va “nokonstruktiv” deb atadi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu AQSH va Iroq o‘rtasidagi munosabatlarga putur yetkazadi, shuningdek, Yaqin Sharq davlatining suverenitetini qo‘pol ravishda buzadi.

Avvalroq Iroqning Erbil shahrida “Kataib Hizbulloh” vakillari xalqaro koalitsiya kuchlariga hujum uyushtirgani, natijada bir necha kishi jarohatlangani xabar qilingandi.

Pentagon maʼlumotlariga ko‘ra, 17-oktyabrdan beri Suriya va Iroqdagi AQSH qo‘shinlariga 66 marta hujum qilingan. Suriya hududida 900 ga yaqin, Iroqda esa 2,5 ming amerikalik askar bor. Livanning “Hizbulloh” shia partiyasi bosh kotibi o‘rinbosari Naim Qosimning aytishicha, Suriya va Iroqdagi Amerika harbiy bazalariga hujumlar Isroilning G‘azo sektoridagi amaliyotini to‘xtatish uchun juda muhim.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »