Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Polsha harbiy-havo kuchlari AQSH harbiylari bilan birgalikda Rossiyaning Ukrainaga qarata raketa hujumlari fonida to‘rtta F-16 qiruvchi samolyotini havoga ko‘tardi. Bu haqda Polsha qurolli kuchlari operativ qo‘mondonligi X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Foto: DSC World

Xabarga ko‘ra, Ukraina hududiga zarbalar berish bog‘liq bo‘lgan Rossiyaning uzoq masofali aviatsiyasining intensiv faoliyati kuzatilgan.

“Polsha havo hududi xavfsizligini taʼminlash uchun ikki juft F-16 qiruvchi samolyoti va ittifoqchilarning yonilg‘i quyish samolyotini havoga ko‘tardi. Mahalliy vaqt bilan taxminan soat 5:45 da Laskadagi bazada joylashgan amerikalik samolyotlar, soat 6:15 da Kshesinadagi bazadan polshalik samolyotlar ko‘tarildi”, deyiladi xabarda.

Eslatib o‘tamiz, Rossiyaning yirik raketa hujumi paytida Ukraina hududidan Polshaga “noma’lum obyekt” uchib kelgandi. Keyinchalik u Rossiyaning raketasi bo‘lgani aniqlangan. Shundan keyin Polsha “o‘z havo hududini buzadigan navbatdagi provokatsiyalarga qattiqroq munosabatda bo‘lishini” bildirgan.

Polsha prezidenti Anjey Duda NATO bosh kotibi Yens Stoltenberg bilan Rossiyaning Ukrainaga raketa hujumi paytida Polsha havo hududining buzilishini muhokama qilgan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »