Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Isroil razvedkasi (Mossad) HAMASni Yevropada teraktlar uyushtirishni rejalashtirganlikda ayblab, bu bo‘yicha bayonot berdi.

Foto: Reuters

Bayonotga ko‘ra, HAMAS Yevropada o‘zining jangchilar tarmog‘iga ega bo‘lgan, uni Livandan kelgan guruhning yuqori martabali qo‘mondonlari boshqargan.

“Davom etayotgan razvedka harakatlari natijasida, HAMAS butun dunyo bo‘ylab “begunoh odamlarni nishonga olish” uchun xorijdagi faoliyatini kengaytirishga intilganini ko‘rsatuvchi muhim miqdordagi maʼlumotlar paydo bo‘ldi”, — deya da’vo qiladi razvedka.

HAMAS Yaqin Sharq, Afrika va Yevropada “teraktlar” uyushtirishni rejalashtirgani aytilgan. Xususan, 2023-yil dekabr oyida Germaniya, Niderlandiya va Daniyada “yahudiylarga qarshi hujumlar tayyorlagan” HAMAS yacheykalarining yetti nafar a’zosi qo‘lga olingan.

Isroilning ayblovlariga ko‘ra, HAMAS nishonlardan biri Isroilning Stokgolmdagi elchixonasi bo‘lgan. 

“Bu maqsadlariga erishish uchun HAMAS dronlar sotib olgan, shuningdek, Yevropadagi uyushgan jinoiy guruhlar aʼzolarini yollagan. HAMAS Eron rejimining “terrorchilik faoliyatidan” ilhom oladi hamda Isroil va G‘arb nishonlariga har qanday holatda ham hujum qilishga intiladi”, — deydi Isroil razvedkasi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »