Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Shveysariya Bosh prokuraturasi Davosdagi Jahon iqtisodiy forumida qatnashgan Isroil prezidenti Isaak Gersogga nisbatan G‘azo sektoridagi vaziyat yuzasidan qo‘yilgan ayblovlarni ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda prokuraturaning rasmiy vakili Mateo Kremashi “RIA Novosti”ga xabar berdi.

Foto: AP Photo
“Shveysariya Bosh prokuraturasi jinoiy ayblovlar olinganini tasdiqladi. Ayblovlar hozirda oddiy protseduraga muvofiq tekshirilmoqda”, — deydi Kremashi.

U shu tariqa Shvetsiya Isroil prezidentiga nisbatan tergov harakatlari olib bormoqdami degan savolga javob berdi. Biroq Kremashi arizachilarning shaxsini oshkor qilishdan bosh tortdi. Unga ko‘ra, hozirda prokuratura Shveysariya TIV bilan Gersogning daxlsizligi masalasida maslahatlashmoqda.

O‘tgan hafta Gaaga xalqaro sudi Janubiy Afrika Respublikasining G‘azo sektorida genotsid konvensiyasini buzganlikda ayblangan Isroilga qarshi da’vosi bo‘yicha tinglovlarni boshladi. JAR Tel-Avivni anklavdagi harbiy amaliyotini to‘xtatishga, uning aholisi oziq-ovqat, suv va insonparvarlik yordamiga ega bo‘lishini ta’minlashga va u yerda xalqaro missiyalar bo‘lishiga xalaqit bermaslikka chaqirdi. Isroil xalqaro sudning yurisdiksiyasini qabul qilmasa ham, bu jarayonlarda ishtirok etmoqda.

Bir qancha davlatlar, jumladan Turkiya, Malayziya, Venesuela, Braziliya va Eron JARning talabini qo‘llab-quvvatladi. AQSH davlat departamenti, o‘z navbatida, G‘azo sektorida genotsid alomatlarini ko‘rmayotganini ta’kidladi, Yevrokomissiya bu masalaga izoh bermadi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »