Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Moskvada novosibirsklik advokat Vasiliy Dubkov hibsga olindi. Bu haqda manbalarga tayanib, “Novaya gazeta Yevropa” xabar berdi.

Foto: Telegram

Jurnalistlarning yozishicha, advokat jamoat tartibini buzganlikda ayblanmoqda. Hozircha bu maʼlumotning rasmiy tasdig‘i yo‘q. Dubkov rossiyalik muxolifatchi, marhum Aleksey Navalniyni himoya qilgan. U Salexardda o‘tgan hafta Lyudmila Navalnaya o‘g‘lining jasadini unga qaytarib berishni talab qilganida unga hamrohlik qilgan.

Aleksey Navalniy o‘limi

Rossiyalik siyosatchi, Putinning ashaddiy tanqidchisi Aleksey Navalniy 16-fevral kuni koloniyada vafot etdi. Rossiya qamoqxona xizmatiga ko‘ra, u “sayrdan keyin o‘zini yomon his qilgan va hushini yo‘qotgan”. O‘limga dastlab tromb yorilgani sabab bo‘lgani aytilgan.

Rasmiylar to‘qqiz kun davomida siyosatchining jasadini onasiga berishdan bosh tortgan. Lyudmila Navalnaya o‘g‘lini yashirincha va ommaviy vidolashuvsiz dafn etishni talab qilishganini aytgan. U bu talablarni bajarishdan bosh tortgan. Navalniy Moskva qabristonlaridan biriga dafn etilishi kutilmoqda, biroq dafn marosimi sanasi va joyi hozircha ma’lum qilinmagan.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »