Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

HAMAS G‘azoda o‘t ochishni to‘xtatish bo‘yicha Amerika taklifining o‘zgartirilgan versiyasini qabul qildi. Bu haqda Falastin guruhining yuqori martabali rasmiysiga tayanib, Al Arabiya xabar berdi.

Foto: Getty Images

HAMAS vakillari yaqin kunlarda Misr poytaxti Qohiraga borib, kelishuvning yakuniy tafsilotlari va uni amalga oshirilishini muhokama qilishi kutilmoqda. Oq uy HAMAS jangchilarini garovga olingan ayollar, qariyalar va yaradorlarni ozod qilishga hamda Isroil bilan janglarda vaqtinchalik sulhga rozi bo‘lishga chaqirgan. Mazkur sulh keyinchalik uzayishi mumkinligi kutilmoqda.

Agar HAMAS ayollar, yaradorlar va qariyalarni ozod qilsa, olti hafta davomida o‘t ochishni to‘xtatish kelishuvi stol ustida turibdi, — degan Oq uyning milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Jeyk Sallivan.

So‘nggi taklifga ko‘ra, Isroil falastinlik mahbuslarni HAMAS tomonidan garovga olinganlar soniga 10ga bir nisbatda ozod qiladi. Kelishuv G‘azodan ko‘chirilgan falastinliklarning bosqichma-bosqich qaytishini ham nazarda tutadi.

HAMAS siyosiy byurosi a’zosi Muhammad Nazzal muzokaralar davom etayotgani, ammo “qotib qolganini” aytib, Isroil vaqtinchalik otashkesim taklif qilganini, buni HAMAS qabul qilmasligini aytdi.

Isroil qo‘shinlarining G‘azoda mavjudligi ko‘chirilganlarning qaytishiga to‘sqinlik qilmoqda, — dedi u Al Arabiya’ga. 

Nazzalning aytishicha, HAMAS hech qanday shart va cheklovlarsiz G‘azoga gumanitar yordam olib kirish talabida qat’iy qoladi.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »