Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Rossiyada 15-mart kuni boshlangan prezidentlik saylovlarida davomat 70, 13 foizga yetdi. Moskva vaqti bilan soat 15:45 da shunday natija qayd etildi. Bu haqda Markaziy saylov komissiyasi rahbari Ella Pamfilova xabar berdi.

Foto: “Izvestiya”

Ma’lum qilinishicha, saylovchilarning ishtiroki 2018-yilda bo‘lib o‘tgan prezidentlik saylovlaridan oshib ketgan. Xususan, o‘shanda davomat 67,5 foizdan oshgan edi. Rossiyaning 28 ta hududida faoliyat yurituvchi elektron ovoz berishda 4,7 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi, biroq hozirgacha atigi 4,3 million byulleten qabul qilingan.

Rossiyaning 28 ta hududida faoliyat yurituvchi elektron ovoz berishda 4,7 milliondan ortiq saylovchi ishtirok etdi, biroq hozirgacha atigi 4,3 million byulleten qabul qilingan.

Foto: Moskva vaqti bilan soat 15:45 holatiga ko‘ra saylovchilar ishtiroki

Ushbu saylovlarda uch nomzodga Putin bilan “raqobatlashish”ga ruxsat berilgan:

  • Rossiya Kommunistik partiyasidan deputat Nikolay Xaritonov;
  • Rossiya Liberal demokratik partiyasidan Leonid Slutskiy;
  • “Yangi odamlar”dan duma vitse-spikeri Vladislav Davankov.

Mazkur nomzodlardan hech biri Ukrainadagi urushni qoralamaydi yoki Putinni bevosita tanqid qilmaydi. Saylovda ovoz berishning yagona intrigasi nomzodlardan qaysi biri qanday natija bilan ikkinchi o‘rinni egallashidir. 

Ovoz berish hududlarning uchdan birida elektron shaklda o‘tkaziladi. Ukrainaga bostirib kirishni tanqid qilib, urushni tugatish tarafdori bo‘lgan jurnalist Yekaterina Duntsova, “Fuqarolik tashabbusi” partiyasidan siyosatchi Boris Nadejdin nomzodi rad etilgandi. Amaldagi prezidenti Vladimir Putin saylovda 80 foizga yaqin ovoz bilan g‘alaba qozonishi prognoz qilinmoqda.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »