Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Fan va texnika taraqqiy etgan kunchiqar mamlakat Yaponiya o‘zining yana bir ajoyib ixtirosini ommaga taqdim etdi.

Foto: Europaplus

Tanishing, bu Sherobo nomli robot-tarvuzdir. Uni tutib olish oson emas, tatib ko‘rib ham bo‘lmaydi. U bolalar va kattalar uchun birdek qiziqarli o‘yinchoq vazifasini bajaradi.

Foto: Europaplus

Ushbu robot mualliflarining ta’kidlashicha, uning yaratilishiga Yaponiyaning “Suykavari” nomli o‘yini ilhomlantirgan. O‘yin qoidasiga ko‘ra, ishtirokchi ko‘zlarini bog‘lagan holda tayoq bilan tarvuzni bo‘laklarga bo‘lishi kerak. Sherobo esa mustaqil ravishda bo‘laklarga ajralib, ularni oyoqlar kabi harakatlantira oladi.

Foto: Europaplus

Robotning oyoq-qo‘llari hamda tanasi 3D printerda chop etilgan. U maxsus pult yordamida boshqaruv paneli orqali harakatlanadi.

Loyiha mualliflari Sherobo’ni sotishni istamaydi. Shunga o‘xshash robot qurishni xohlagan havaskorlar uchun uni yig‘ish bo‘yicha qo‘llanma Hackaday platformasida joylashtirilgan. Yangi robotni qurishni istaganlar uni boshqa turdagi mevaga qiyoslab yasashlari mumkin.

Foto: Europaplus

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »