Bugun,

  • USD12736.48
  • RUB137.6
  • EUR14193.53

Don bitimi Ukraina uchun majburiy qadam edi, ammo endi biz dengiz frontini ochishga va muzokaralar uchun kuchli pozitsiyani yaratishga muvaffaq bo‘ldik.

Shuning uchun bu bitimning qaytishi mag‘lubiyatimizga aylandi. Bu haqda Ukraina metallurglar federatsiyasi rahbari Sergey Bilenkiy “RBK-Ukraina”ga xabar berdi.

Foto: Al Jazeera

Bilenkiyning so’zlariga ko‘ra, bunday vaziyatda Ukraina barcha tovarlarni dengiz orqali eksport qilishni qayta tiklashni talab qilishi kerak.

“Agar ular don bitimini uzaytirishga rozi bo‘lsa, mening fikrimcha, bu geosiyosiy yo‘qotishga aylanadi. Bu har qanday paytda Rossiya yuk tashishni to‘xtatib qo‘yishi mumkinligini bildiradi. Axir Ukraina nafaqat g‘alla eksport qiladi, eksportga yo‘naltirilgan boshqa qator tarmoqlar ham mavjud.
Agar don bitimini doimiy davom ettirsak, xalqaro hamjamiyatda biz boshqa barcha yuklardan ixtiyoriy ravishda voz kechgandek taassurot uyg‘otamiz. Shu yo‘l bilan Rossiyaning Qora dengizdagi qaroqchiligini qandaydir tarzda qonuniylashtiramiz, keyin esa hech qachon dengiz savdomizni to‘liq tiklamaymiz”, — deya tushuntirdi Bilenkiy.

Uning ta’kidlashicha, don bo‘yicha kelishuv tuzilgan paytda Ukraina chorasiz edi, keyin esa Infratuzilma vazirligi bu kelishuvga rozi bo‘ldi. Endilikda vazirlik barcha turdagi mahsulotlar uchun portlarni blokdan chiqarish uchun qo‘lidan kelganini qilmoqda.

“Ukraina rasmiylari, umid qilamanki, dengiz savdosini to‘liq tiklash uchun qo‘llaridan kelganini qiladi. Shu vaqtgacha, ushbu kelishuvning barcha ishtirokchilari, unga bevosita yoki bilvosita ta’sir ko‘rsatgan barcha davlatlar bizga shunday shartlar qo‘ygandi: Yo rozi bo‘ling, yo hech narsa bo‘lmaydi. Ammo hozir don bitimini boshqa barcha yuk turlariga kengaytirish bo‘yicha diplomatik ishni davom ettirishimiz kerak”, — dedi u.

Shuningdek, Bilenkiy bu yo‘nalishda dengiz frontini ochish muhimligini ta’kidladi – Rossiyaga bosim o‘tkazish elementlaridan biri sifatida, bu boshqa narsalar qatori Qora dengizda tijoriy yuk tashishni tiklashga yordam beradi.

“Rossiya  harbiy kemalari va savdo floti to‘liq xavfsiz emasligini tushunishi kerak. Bu Ukrainaga dengiz savdosini ochish uchun yetarlicha kuchli muzokara pozitsiyasini beradi. Ruslarga Ukraina unchalik zaif emasligini tushuntira oldik. Umid qilamizki, bu signallarni ruslar ko‘radi va eshitadi. To‘g‘ri yo‘nalishda ketyapmiz va bizning harbiylar Qora dengizda nafaqat Rossiya floti, balki Ukraina qurolli kuchlari ham borligini ko‘rsatish imkoniga ega bo‘lgani juda yaxshi”, — deya xulosa qildi Ukraina metallurglar federatsiyasi rahbari.

Mavzuga doir
Izoh
Asosiy yangiliklar
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?

O‘zbekistonda 23-mart kuni qanday ob-havo kutilmoqda?— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Qozog‘iston

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi

Qozog‘iston—O‘zbekiston chegarasida transport vositalari va odamlar to‘planib qolganiga izoh berildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »
Mahalliy (O‘zb)

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi

O‘zbekistonda “Antistrumin” dori vositasini ishlab chiqargan korxona litsenziyasi vaqtincha to‘xtatildi— « Daryo News (Daryo Yangiliklari, Новости Daryo) »